JCH-2030 finali mezbonligi uchun Ispaniya va Marokash o‘rtasida jiddiy kurash boshlandi

JCH-2030 finali mezbonligi uchun Ispaniya va Marokash o‘rtasida jiddiy kurash boshlandi

Jahon chempionati 2030-yilda Marokash, Portugaliya va Ispaniya maydonlarida bo‘lib o‘tadi, biroq turnirning hal qiluvchi final uchrashuvi qayerda o‘tkazilishi borasida FIFA hozircha yakuniy qarorni e’lon qilmadi. Ayni paytda ushbu o‘yinga mezbonlik qilish uchun Ispaniya va Marokash o‘rtasida jiddiy siyosiy hamda diplomatik kurash boshlangan.

Ispaniya tomoni final uchrashuvi aynan o‘z hududida o‘tkazilishini ta’kidlamoqda. Mezbonlik uchun ikkita asosiy nomzod ko‘rib chiqilyapti: 2024-yil oxirida keng ko‘lamli ta’mirdan chiqqan va sig‘imi 83 000 taga yetkazilgan Madriddagi “Santyago Bernabeu” hamda rekonstruksiyadan so‘ng 105 000 muxlisni qabul qila oladigan, biroq ta’mirlash ishlari jadvaldan ortda qolayotgan Barselonadagi “Kamp Nou” stadionlari.

O‘z navbatida, Marokash ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mamlakat Kasablanka shahri yaqinida qiymati 12 milliard dollar bo‘lgan, 115 000 o‘ringa mo‘ljallangan yangi “Hasan II” stadionini barpo etmoqda. 2027-yilning oxirida qurilishi bitishi kutilayotgan ushbu o‘yingoh jahon futbolidagi eng yirik stadion bo‘lishi mumkin.

Ispaniya futbol federasiyasi prezidenti Rafayel Luzan joriy yilning yanvar oyida final o‘yini Ispaniyada o‘tishini qat’iy ishonch bilan ta’kidlab, pinhona lobbizm kurashini boshlab yuborgan edi. U o‘z so‘zida Marokashda o‘tkazilgan Afrika Millatlar Kubogi doirasidagi tartibsizliklarni eslatib o‘tdi.

“Ispaniya ko‘p yillar davomida o‘zining tashkiliy ishlari bilan maqtanib kelgan va shuning uchun JCH-2030 da ham final o‘yiniga biz mezbonlik qilishimiz kerak. Marokash haqiqatan ham rivojlanish bosqichidan o‘tmoqda, ammo Afrika Kubogi doirasidagi ba’zi holatlar nafaqat ushbu turnirga, balki butun jahon futboli obro‘siga putur yetkazadi”, dedi Luzan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Rabotdagi 69 500 o‘rinli “Shahzoda Mulay Abdulla” stadionida Senegal va Marokash o‘rtasida kechgan o‘yinda muxlislar tartibsizligi hamda uchrashuvning to‘xtab qolishi kabi noxush holatlar kuzatilgan edi.

Marokash futbol federasiyasi rahbari Fuzi Lekja ispanlarning ushbu e’tirozlariga bosiqlik bilan munosabat bildirdi:

“O‘yinlarni taqsimlash bo‘yicha hozircha hech qanday qaror qabul qilinmagan. Bu masalalar faqatgina uchta mezbon davlat va FIFA o‘rtasidagi o‘zaro maslahatlashuvlar doirasidagina hal etiladi”.

Biroq manbalarning ta’kidlashicha, Marokash parda ortida final Kasablankada o‘tishi uchun faol harakat qilmoqda va bu kurash kelgusida yanada qizg‘in tus olishi kutilmoqda. Agar yakunda Kasablanka tanlansa, Afrika qit’asi o‘z tarixida ikkinchi marta mundial finaliga mezbonlik qiladi. Bungacha faqatgina 2010-yilda Yoxannesburg (JAR) finalga mezbonlik qilgan. Ispaniya esa so‘nggi bor 1982-yilgi mundial finaliga mezbonlik qilgan — o‘shanda “Santyago Bernabeu”da kechgan o‘yinda Italiya GFRni 3:1 hisobida mag‘lub etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Olimlar Yer aholisi sonini bosqichma-bosqich kamaytirish g‘oyasini ilgari surdi

Айрим мутахассислар муаммо аҳоли сонида эмас, балки ресурсларнинг адолатсиз тақсимланишида эканини таъкидламоқда.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi

Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.

Yuliya Mendel Zelenskiyni yolg‘on va’dalar va hokimiyatda qolish uchun urushdan foydalanishda aybladi

Собиқ матбуот котиби Зеленскийни "Украинанинг асосий муаммоси" ва урушнинг "асосий бенефициари" деб атади.

"Hey, dedi, Trampingni gapigayam..., dedi" - Netanyaxu Trampning chaqirig‘iga qaramay, G‘azoga hujumlarni to‘xtatishdan bosh tortdi

Исроил Бош вазири Беньямин Нетаньяху бу ҳақда ўзининг ижтимоий тармоқ саҳифасида эълон қилинган видеомурожаатида маълум қилди.

Ilon Mask Ukrainaga Rossiyaning ichkarisiga zarba berish uchun Starlink taqdim etishdan bosh tortdi

Space X компанияси эгасига бундай илтимос билан Украина собиқ мудофаа вазири Михаил Фёдоров мурожаат қилган.

Isroil sudi "Hamas" jangarilari saqlanayotgan "Ksiot" qamoqxonasi atrofida timsohlar solingan zovurlar barpo etishni vaqtincha taqiqladi

Миллий хавфсизлик вазирлиги режасига кўра, ушбу зовур блокда сақланаётган маҳбусларни қўриқлайдиган тимсоҳлар учун мўлжалланган.

Kannavaro: “Men haqimdagi ma’lumotlarni terma jamoadagi “kalamush” tarqatayotgandir”

Бугун, 5 август куни Ўзбекистон футбол ассоциацияси (ЎФА) мажлислар залида миллий терма жамоа бош мураббийи Фабио Қаннаваро иштирокида матбуот анжумани бўлиб ўтди.

"Real" futbolchisiga 22 million yevro maosh ham kamlik qildi

Мадриднинг «Реал» клуби бразилиялик ҳужумчи Винисиус Жуниорга шартномани узайтириш бўйича янги таклиф билан чиқди

Fabio Kannavaroning O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi taqdiri aniq bo‘ldi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро ўз лавозимида қолиши 100 фоизга ҳал бўлди.

Jahon chempionatidan qaytgan 25 yoshli futbolchi o‘z joniga qasd qildi

Бу ҳақда Sunday World нашри хабар берди.

Fermer ulkan sarimsoq yetishtirib, rekord o‘rnatdi (foto)

Бу ҳақда Washington Post нашри хабар бермоқда.

O‘zbekistonga yana juda issiq havo oqimlari kirib keladi

Мутахассислар куннинг энг иссиқ вақтларида очиқ ҳавода узоқ қолмаслик, кўпроқ сув ичиш ва болалар ҳамда кексалар саломатлигига алоҳида эътибор қаратишни тавсия этмоқда.

O‘n yildan so‘ng pulning ahamiyati deyarli qolmaydi

Америкалик миллиардер Илон Маск The Economist'га берган интервюсида сунъий интеллект ривожини энди тўхтатиб бўлмаслигини ва пулнинг аҳамияти қолмаслигини айтди.

Putin va Lukashenkodan "qutulish" kerak

Латвия Миллий Қуролли кучлари штаби офицери Янис Слайдинш Россия ва Беларус президентларидан ҳам худди Венесуэла ва Эрон раҳбарларидек "қутулиш" кераклигини маълум қилди.

Navoiyda erkakni qum bosib, halok bo‘ldi

Навоий вилояти Қизилтепа туманида таъмирлаш ишлари вақтида бахтсиз ҳодиса содир бўлди.

Otaning ismini bolaga familiya qilib berish mumkin bo‘ladi

Ўзбекистонда ота-оналарга фарзандига отасининг исмини фамилия сифатида бериш имконияти яратилади.

1 sentyabrdan avtobusga chiqish bilan yo‘lkira haqini to‘lash shart bo‘ladi

2026 йил 1 сентябрдан брутто-шартнома асосида фаолият юритаётган барча шаҳар автобусларида йўлкира тўлаш тартиби қатъийлаштирилади.

Eron AQSh bilan urush paytida Shimoliy Koreyadan qurol olgan

У мамлакатда хавфсизлик мустаҳкамланганини таъкидлади

Yaponiyada tayfun sabab 15 mingga yaqin bino elektrsiz qoldi

Ҳодиса оқибатида беш киши жароҳатланган.

Rossiya zarbalari oqibatida Kiyev viloyatida uch kishi halok bo‘ldi va uch kishi yaralandi

Ткаченконинг баёнотгиа кўра, ҳужум оқибатида турар жой биноси, хўжалик иншоотлари ва автомобилларга зарар етган

«Hududgazta’minot» tadbirkordan gaz uchun asossiz pul undirgan

Қорақалпоғистонда фермер хўжалигидан газ учун асоссиз ундирилган 96 млн сўмдан ортиқ маблағ қайтарилди. Ўрганишларда газ сарфини аниқлашда асосий қурилма ўрнига юқорироқ кўрсаткич қайд этган иккинчи ҳисоблагич маълумотларидан фойдаланилгани аниқланди.

Samarqandda yuk mashinasi yonib ketib, beton to‘siqqa urildi: haydovchi halok bo‘ldi

Самарқандда юк машинаси кабинасида ёнғин чиқиши оқибатида оғир йўл-транспорт ҳодисаси содир бўлди.

Toshkentda qizning intim suratlarini tarqatmaslik evaziga $3 ming talab qilgan erkak ushlandi

Эркак тезкор тадбир давомида пул маблағларини олаётган вақтда ушланади.

Migrantlar yana Yevropaga ommaviy kirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Сеутага янги муҳожирлар оқими 15 августгача юз бериши мумкин.

AQSh Eron bilan to‘qnashuvda 1300 dan ortiq ATAKMS raketasini qo‘llagan

«Вашингтон Пост» нашри маълумотларига кўра, АҚШ Эрон билан тўқнашувнинг дастлабки ҳафталарида 1300 дан ортиқ АТАКМС ракетасидан фойдаланган.

Britaniyada "O‘lim" kostyumidagi erkak shifoxona tomiga chiqib, bemorlarni sarosimaga soldi

Бу қилмиши учун суд уни 200 фунт стерлинг жаримага тортган.

Milliy bog‘da 5 yoshli qiz suvga cho‘kib vafot etdi

Шифокорлар томонидан тақдим этилган маълумотномага кўра, марҳуманинг танасида ҳеч қандай тан жароҳати аломатлари аниқланмаган.

Toshkent viloyatidagi do‘konda yirik yong‘in yuz berdi

Ёнғин соат 13:48 да қуршаб олинган ва соат 14:09да тўлиқ бартараф этилган.

Moskvadagi portlashda Rossiya havo kuchlari bosh qo‘mondonining kuyovi halok bo‘ldi

Маълумот ўрнида, уруш бошланганидан бери Россияда икки йил ичида олтита генералга суиқасд қилинган.

"Uraldronzavod" bosh direktoriga suiqasd uyushtirildi

Тергов қўмитаси ушбу ҳолат юзасидан жиноий иш қўзғатди.

Iqlim isishi sababli matcha choyi yo‘qolib ketishi mumkin

Ҳароратнинг бор-йўғи 1 даражага кўтарилиши матча чойи ҳосилига ва унинг ўзига хос таъмига жиддий хавф туғдирмоқда. Натижада чой тобора тахирлашиб, нархи сезиларли даражада ошиши мумкин.

Jizzaxda 21 yoshli insta-bloger qiz YTHda vafot etdi (video)

Оғир тан жароҳати олган Орзигул Уразматова шифохонада вафот этган.

Ispaniya Ichki ishlar vazirligi: Seutada 2 ming nafar muhojir qolmoqda

Испания Ички ишлар вазири Фернандо Гранде-Марласка Сеута анклавига кирган 72 минг нафар муҳожирдан 70 минг нафари аллақачон Марокашга қайтарилганини маълум қилди.

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan ikki kishini qatl etdi

Бу ҳақда The Independent Эрон давлат оммавий ахборот воситаларига таяниб хабар берди.

AQShning Spokan shahri atrofidagi o‘rmon yong‘inlari 60 mingga yaqin kishini evakuasiyaga majbur qildi

Ҳокимият маълумотларига кўра, ёнғинлар оқибатида камида 600 та уй-жой, бизнес объекти ва бошқа иншоот вайрон бўлган.

Meksikada boshi uchun 5 mln dollar va’da qilingan narkobaron qo‘lga olindi

Фернандес Магалён автомобил ўғирлаш, товламачилик ва наркотик савдосида ҳам айбланмоқда. Унга нисбатан АҚШ Миллий хавфсизлик бошқармаси ҳам тергов олиб бормоқда.

DXX Rossiyadan noqonuniy olib kelingan dori vositalarini fosh etdi

Дастлабки ҳисоб-китобларга кўра, ушбу маҳсулотларнинг тахминий суммаси 600 млн сўмни ташкил этади.

Pokistondagi polisiya bo‘linmasi oldida xudkush terrorchi o‘zini portlatishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Ҳодиса 2 август куни Афғонистон билан чегарадош Хайбар-Пахтунхва провинциясида содир бўлган.