JCH-2022. Ronaldu gol urgan o‘yinda Portugaliya Gana termasini mag‘lub etdi

A A A
JCH-2022. Ronaldu gol urgan o‘yinda Portugaliya Gana termasini mag‘lub etdi

Hozirgina JCH-2022 guruh bosqichining yana bir o‘yini yakunlandi.

Dastlab Krishtianu Ronaldu penaltidan gol urdi. Keyin esa Gana futbolchisi hisobni tenglashtirdi. So‘ng esa portugallar ketma-ket ikkita gol urib, hisobni 3-1 ko‘rinishiga keltirishdi. Yakunda esa Gana hisobni qisqartirdi, ammo tenglashtirishga vaqt va kuch yetishmadi.

Portugaliya – Gana 3:2

24 noyabr, 21.00, «Stadium 974»

Gollar: 1:0 – 65, penaltidan Ronaldu, 1:1 – 73 Ayyu, 2:1 – 78 Joau Feliks, 3:1 – 80 Rafael Leau, 3:2 – 89 Bukari.

Portugaliya – Diogu Koshta, Joau Kanselu, Danilu Pereyra, Ruben Diash, Gerreyru, Otavio (Vilyam Karvalyu, 56), Bernardu Silva (Palinya, 88), Ruben Nevesh (Rafael Leau, 77), Brunu Fernandesh, Ronaldu (Gonsalu Ramush, 88), Joau Feliks (Joau Mariu, 88).

Gana – Ati-Zidji, Seydu (Lempti, 66), Djiku (Semenyo, 90), Amarti, Salisu, Baba, Parti, Kudus (Bukari, 77), Abdul-Samed (Kyere, 90), Ayyu (Ayyu, 77), Uilyams.

Ogohlantirishlar: Kudus (45), Ayyu (49), Seydu (57), Uilyams (90), Danilu Pereyra (90), Brunu Fernandesh (90).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!