Jazo muqarrarligi ta’minlandi

Jazo muqarrarligi ta’minlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonida Davlat nazorat va xizmat ko‘rsatuvchi idoralarida tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishi doimiy nazoratga olingan.

Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-178-sonli Farmoni bilan joriy etilgan “Tadbirkor virtual ofisi” orqali yuborilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlariga rioya etilishi ahvoli Viloyat elektr ta’minoti, Viloyat Kadastrlar Palatasi va Bekobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi misolida tahlil etilganda tadbirkorlarning murojaatini ko‘rish uchun mas’ul etib tayinlangan mansabdorlar o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qarab, belgilangan muddat va tartibga rioya etmaganligi aniqlandi.

Ishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun har bir mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlandi.

Biznes Vakil devoni matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!