Janubiy koreyalik ayol 6 oy davomida «Kalmar o‘yini» seriali yulduzi deb o‘zini tanishtirgan firibgar bilan sun’iy intellekt yordamidagi “ishqiy yozishma” olib bordi — natijada 350 ming dollardan ortiq pulni yo‘qotdi.
Janubiy Koreyalik yolg‘iz ayolga ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini «Li Chjon Chje» — «Kalmar o‘yini» seriali bosh qahramoni sifatida tanishtirgan shaxs yozgan. U go‘yo muxlislar bilan muloqot qilmoqchi ekanini aytgan. Qiz uning gaplariga ishongan va shundan so‘ng ularning 6 oylik ishqiy yozishmasi boshlangan. Firibgar unga shirin so‘zlar yozib, serialning uchinchi mavsumi suratga olish ishlari haqida “yolg‘on” xabarlar bergan va aktyorning sun’iy intellekt orqali yaratilgan selfilarini yuborgan.
Ortidan «Li Chjon Chje» go‘yo turli “shoshilinch sabablar” bilan ayoldan pul so‘ray boshlagan. Bir kuni u chet el aeroportida “qolib ketgani”ni aytgan va yordam so‘ragan — ayol ishongan va pul jo‘natgan. Keyin yana so‘raganda ham jo‘natgan. Hatto “shaxsiy uchrashuv uchun VIP ruxsatnoma” deb atalgan bilet uchun 7,500 dollar to‘lagan, ammo bunday uchrashuv hech qachon bo‘lmagan.
Ayol o‘zining aldanganini juda kech tushungan — u vaqtga kelib 351 ming dollardan ortiq mablag‘ni yo‘qotgan edi. U polisiyaga murojaat qildi, ammo huquq-tartibot organlari firibgarni qo‘lga olish qiyin bo‘lishini, u chet elda harakat qilayotganini ta’kidlamoqda. Shu voqeadan so‘ng haqiqiy aktyorning agentligi muxlislarga hech qanday holatda o‘zini aktyor deb tanishtirgan shaxslarga pul yubormaslikni qat’iy tavsiya qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.