Janubiy Koreya xorijliklar uchun elektron karta tizimini joriy etdi

24 fevraldan boshlab Janubiy Koreyaga ketayotgan xorijliklar mamlakatga kirishdan uch kun oldin migrasiya kartasini onlayn tarzda to‘ldirishlari mumkin, deb yozadi Yonhap.
Bu haqda Janubiy Koreya adliya vazirligi xabar berdi.
E-Arrival kartasi (elektron kelish kartasi/immigrasiya kartasi) deb nomlangan yangi elektron karta ro‘yxatdan o‘tish vaqtini qisqartiradi va aeroportlarda tirbandlikni yengillashtiradi. Bu, bir tomondan, sayyohlarni jalb qilishga yordam beradi, deya qayd etdi departament.
Ilgari Janubiy Koreyaga qisqa muddatli tashriflar, jumladan turizm uchun kelgan xorijliklar aeroportda immigrasiya kartalarini qog‘oz bilan to‘ldirishlari shart edi.
Vazirlik chalkashliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun yil oxirigacha qog‘oz tizimini yangi elektron tizim bilan saqlashni rejalashtirmoqda.