Janubiy Koreya va AQSh Shimoliy Koreya bilan chegarada mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Janubiy Koreya va AQSh Shimoliy Koreya bilan chegarada mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Janubiy Koreya va AQSh Shimoliy Koreya bilan chegara yaqinida keng ko‘lamli o‘quv-mashg‘ulotlarni amalga oshirdi.

Bu haqda Shimoliy Koreyaning Yonhap axborot agentligi ma’lum qildi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bugun Janubiy Koreya va AQSh harbiylari Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi chegaradan 25 kilometr janubda joylashgan hududda hozirgacha o‘tkazilgan eng yirik mashg‘ulotlarni amalga oshirdi.

Mashqlarga 2500 nafar harbiy xizmatchi va 600 ga yaqin texnika jalb qilingan.

Janubiy Koreya K2 asosiy jangovar tanklari, K21 piyoda jangovar mashinalari, F-35 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari, YE-737 erta ogohlantirish va kuzatuv samolyotlari, AR-64 va AR-1S hujum vertolyotlari, K9A1 o‘ziyurar gaubitsalari, ko‘plab raketa tizimlari, kamikadze dronlari va raketa tizimlaridan foydalangan.

AQSh M270A1 universal raketalarini, M1135 radiasiyaviy, kimyoviy va biologik razvedka vositalarini va AN-64 vertolyotlarini yubordi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!