Eronning "Istiqlol" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov O‘zbekiston terma jamoasinnig bugungi mashg‘ulotida OAV vakillari bilan suhbatda bo‘ldi.
"Terma jamoada tayyorgarlik uchun ko‘p vaqt yo‘q. Shunga qaramasdan, terma jamoa muhitiga tezroq kirishib olishimiz kerak. Chunki oldimizda juda ham kerakli va muhim o‘yinlar turibdi. Xudo xohlasa, tayyormiz.
Abduqodir "planka"ni juda ham ko‘tarib yubordi. Bundan xursandmiz. Agar jahon chempionatiga chiqsak, bu holat o‘zbek futbolchilariga ham, o‘zbekistonlik muxlislarga ham yaxshi bo‘ladi. Boisi, Yevropa futboli mutaxassislar endi o‘zbekistonlik o‘yinchilarni diqqat bilan kuzatishadi. Natijada boshqa futbolchilarning Yevropa klublariga o‘tish imkoniyati oshadi. Oston O‘runov, Abbos Fayzullayev kabi o‘yinlarda buning uchun katta imkoniyat bor.
Qirg‘iziston — yaxshi raqib. Ularni hurmat qilamiz. Hozirgi paytda raqibni mensimasdan maydonga tushsak, yutqazib qo‘yishimiz mumkin. Bundan o‘yinlarning ko‘pini ko‘rganmiz. Lekin o‘z uyimizda qanday jamoa ekanimizni, qanday futbolchilarga ega ekanimizni, qanday muxlislarimiz borligini ko‘rsatib qo‘yishimiz kerak. Muxlislarimiz bizdan g‘alaba kutib turganini bilamiz. Ularni xursand qilamiz, degan umiddaman", — dedi Jaloliddin Masharipov.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
“Репорт” нинг “ТАСС”ГА таяниб хабар беришича, ҳозирда майдонда 1000 га яқин одам бор, бироқ турли сиёсий ва ижтимоий ҳаракатлар байроқлари остида намойишчилар колонналари Конгресс томон юришда давом этмоқда.
Россия Президенти матбуот котиби Дмитрий Песков Россия етакчиси Владимир Путин ва унинг америкалик ҳамкасби Дональд Трамп ўртасидаги музокаралар ҳақида гапирди.