Jahon banki Pokistonga 2 milliard dollarga yaqin yordam ko‘rsatmoqchi

Jahon banki Pokistonga 2 milliard dollarga yaqin yordam ko‘rsatmoqchi

Mablag‘ toshqin oqibatlarini bartaraf etishga sarflanadi. Jahon banki suv toshqinlaridan vayron bo‘lgan Pokistonga 2 milliard dollarga yaqin yordam ko‘rsatishini aytdi, bu hozirgacha berilgan eng katta yordamdir.

Bu haqda Jahon bankining Janubiy Osiyo bo‘yicha vise-prezidenti Martin Raiser mamlakatga birinchi rasmiy tashrifi chog‘ida va’da berdi.

Toshqinlar millionlab odamlarnining hayotiga ta’sir ko‘rsatgan. Ekinlarni, yarim million uylarni va minglab kilometr yo‘llarni vayron qildi.

Bu yilgi misli ko‘rilmagan musson yomg‘irlari va suv toshqininii mutaxassislar iqlim o‘zgarishi bilan bog‘lashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!