Izboskan tumanida fuqarolarning o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Izboskan tumanida fuqarolarning o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Izboskan tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G.E. boshqa fuqarolar M. va T.ning qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi Oliy ta’lim muassasasidagi o‘qishlarini tanishlari yordamida Toshkent menejment va iqtisodiyot professional profil institutiga ko‘chirib berishni 3 600 AQSh dollariga kelishib, oldindan 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!