Italiyada karnaval mavsumi ochildi

Italiyada karnaval mavsumi ochildi

Venesiyada karnaval mavsumi ochildi. Bayram pandemiyadan so‘ng ilk bor avvalgidek o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi euronews.com.

Karnaval dasturida - qayiqlar paradi, chiroyli saroylardagi bolalar, Arsenal verflari va San-Marko maydonidagi musiqiy chiqishlar mavjud. Tashkilotchilar venesiyaliklar va sayyohlarni kostyum tanlashda ijodiy bo‘lishga chorladi. Bu yilgi mavzu - astrologiyaning shaxsga ta’siri va munajjimlar bashorati belgilarining «ekstravagant» namoyishi.

Shahardagi aksariyat tadbirlar bepul, palassodagi oqshomlarga chipta olinadi.

Venesiya va boshqa laguna shaharlarida bayramlar 21 fevralgacha davom etadi.

Apennindagi yana bir katta karnaval Toskana mintaqasidagi - Viaredjoda boshlandi. Mahalliy miqyosda bu karnaval Venesiyalik karnavalga qaraganda yoshiroq - bu yil 150 yoshga to‘ladi. Liguriya dengizi sohilidagi karnavalning asosiy xususiyatlaridan biri - bu mashhur odamlarning papYE-mashe figuralari paradidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!