Istanbuldagi 16 iavatli turar-joy binosida yuz bergan yong‘inda 27 kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi 16 iavatli turar-joy binosida yuz bergan yong‘inda 27 kishi halok bo‘ldi

Joriy yilning 2 aprel kuni soat 13:00 da Istanbul viloyati Shishli tumanidagi 16 iavatli turar-joy binosida yuz bergan yong‘inda 27 kishi halok bo‘ldi. Yong‘in binoning birinchi qavatida joylashgan tungi klubda sodir bo‘lgan, klub Ramazon oyi munosabati bilan faoliyat yuritmayotgan bo‘lib, ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilindi.
Holat yuzasidan mahalliy prokuratura tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hozirgi vaqtda 5 kishi ushlangan.
Halok bo‘lganlarning barchasi tungi klubni ta’mirlayotgan ishchilar bo‘lgan. Ularning shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Jabrlanganlar va ushlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!