Istanbulda saylovlardagi noto‘g‘ri ma’lumotlar tekshirilmoqda

A A A
Istanbulda saylovlardagi noto‘g‘ri ma’lumotlar tekshirilmoqda

Istanbul prokuraturasi Turkiyada bugun, 28 may kuni bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatish bo‘yicha tergov doirasida besh nafar gumonlanuvchini hibsga olishga order berdi. Bu haqda TRT telekanali xabar qildi.

“Istanbul Respublika prokuraturasi jamoatchilikni chalg‘itish va jamoat tartibini buzish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichiga oid provokasion ma’lumotlar tarqatilgani yuzasidan rasmiy tergov boshladi. Bugungi kunga qadar ushbu ish bo‘yicha tergov harakatlari doirasida besh nafar gumonlanuvchini hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyilgan prokuratura bayonotida.

Istanbul polisiyasining ma’lum qilishicha, umuman olganda, ovoz berish jarayoni muammosiz va jiddiy hodisalarsiz o‘tmoqda. Mahalliy ommaviy axborot vositalarida ayrim saylov uchastkalarida saylovchilar o‘rtasida o‘zaro to‘qnashuvlar bo‘layotgani haqida xabarlar bor, biroq ular keng tarqalmagan.

Ovoz berish jarayoni soat 17:00 da (Toshkent vaqti bilan 19:00 da) yakunlanadi. Saylovning dastlabki natijalari bir necha soat ichida ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!