Isroilning bir necha hafta ichida G‘azo sektori shimolini "tozalamoqchi"

Isroilning bir necha hafta ichida G‘azo sektori shimolini "tozalamoqchi"

Bir necha hafta ichida Isroil G‘azo sektori shimolida tozalash operasiyasini o‘tkazadi. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.

"Isroillik hamkasblar Amerika rasmiylariga Isroil G‘azo janubida alohida tashabbus tayyorlab, hujumni kengaytirishdan oldin shimolda yana bir necha hafta tozalash amaliyotlarini kutishlarini aytishmoqda", — deyiladi xabarda.

Avvalroq Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant Isroil qo‘shinlari G‘azo shahrining g‘arbiy qismini “qo‘lga olib, tozalagani”ni aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!