Isroilda mudofaa vaziri iste’foga chiqqanidan keyin norozilik namoyishlari boshlandi

Isroilda mudofaa vaziri iste’foga chiqqanidan keyin norozilik namoyishlari boshlandi

Isroilda mudofaa vaziri iste’foga chiqqanidan keyin norozilik namoyishlari boshlandi, deb yozadi mahalliy OAV.

Yedioth Ahronoth gazetasining yozishicha, yuzlab namoyishchilar Tel-Aviv sharqidagi Mudofaa vazirligi shtab-kvartirasi joylashgan hukumat binolari majmuasiga chiqishgan.

Shu bilan birga, The Jerusalem Post gazetasining yozishicha, minglab namoyishchilar (videoda) Quddusdagi Benyamin Netanyaxu qarorgohi yaqinidagi polisiya o‘rasini buzib o‘tgan.

Yoav Galant bugun mudofaa vaziri lavozimidan chetlatildi. Avvalroq u bosh vazir Netanyaxu koalisiyasida birinchi bo‘lib sud-huquq islohotlarini to‘xtatishga chaqirgan, bu esa keng ko‘lamli namoyishlarga sabab bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!