Isroil Ukrainaga nisbatan pozisiyasini o‘zgartirishi mumkin

Isroil Ukrainaga nisbatan pozisiyasini o‘zgartirishi mumkin

G‘arb va Kiyevning Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish haqidagi so‘rovlarini shu paytgacha rad etib kelayotgan Isroil o‘z pozisiyasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

Isroilning Walla nashri yuqori martabali manbalarga tayanib xabar berishicha, bosh vazir Benyamin Netanyaxu o‘z hukumatiga Ukrainaga qurol yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqishni topshirgan.

Avvalroq Netanyaxu Ukraina Qurolli kuchlariga harbiy yordam ko‘rsatish, jumladan, "Temir gumbaz" havo hujumidan mudofaa tizimini yetkazib berish imkoniyatini istisno etmagan edi.

Kelasi hafta esa Kiyevga Isroilning yangi tashqi ishlar vaziri Eli Koen tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu Isroil hukumatining yuqori martabali vakili tomonidan Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinchiligi boshlanganidan beri Ukrainaga amalga oshirilgan birinchi tashrif bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!