Isroil askarlari G‘arbiy Sohilda 4 ta falastinlikni yaraladi

Isroil askarlari G‘arbiy Sohilda 4 ta falastinlikni yaraladi

Isroil xavfsizlik kuchlari ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda 4 nafar falastinlikni yaralagan, birining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

WAFA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari Jeninning Kubatiya hududidagi qochqinlar lageriga reyd uyushtirgan.

Harbiylar ikki falastinlik bo‘lgan mashinaga qarata o‘q uzgan, ikkalasi ham o‘qdan yaralangan.

Bundan tashqari, isroilliklar xavfsizlik kuchlarining harakatlariga qarshi chiqqan bir guruh falastinliklarga qarata o‘t ochgan.

Shuningdek, Falastindagi manbalar, isroillik harbiylar shu yilning mart oyida o‘ldirilgan falastinlik Mutaz al-Xavajaning Ramallohdagi uyini portlatib yuborgani haqida xabar bermoqda.

Al-Xavaja oilasiga shaxsiy narsalarini uydan olib chiqishga ruxsat berilmagan. Mahalliy aholi bilan otishma bo‘lib, ulardan ikki nafari yaralangan.

Manba: www.aa.com.tr/ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!