Isroil armiyasi Al-Vefa kasalxonasini bombardimon qildi

Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektoridagi qariyalar uchun reabilitasiya markazi sifatida foydalaniladigan Al-Vefa kasalxonasiga hujum qildi.
Falastinning WAFA axborot agentligi xabariga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari eksklav janubidagi Zehra hududidagi Al-Vefa kasalxonasini bombardimon qilgan.
Isroil hujumida shifoxona direktori Mithat Muhaysin halok bo‘lgan, bir qancha shifokor va bemorlar jarohatlangan.
O‘z navbatida, voqea guvohlari shifoxonada 80 ga yaqin keksalar davolanayotganini ma’lum qilgan.
1980-yilda G‘azo sektorida tashkil etilgan Al-Vefa keksalarni parvarishlash markazi yetakchi va yagona keksalarni parvarishlash klinikasi hisoblanadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)