Ispaniyada hokimiyatning energiya sarfini kamaytirish rejasi tanqid qilinmoqda

Ispaniyada hokimiyatning energiya sarfini kamaytirish rejasi tanqid qilinmoqda

Ispaniyada hokimiyatning energiya sarfini kamaytirish rejasi tanqid qilinmoqda — aholining fikricha, bu ispanlarning hayotiga va ayniqsa, xorijiy turizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Masalan, ma’muriy binolarda, vokzallarda, barlarda havoni 27 ℃ dan, mehmonxonalarda 25 ℃ dan pastroq darajagacha sovutish mumkin emas.

Do‘konlar va restoranlarda kondisioner yoki isitish moslamasi yoqilgan vaqtda old eshik va derazalarni yopiq holda saqlash, soat 22.00 da do‘kon oynalari va yoritilgan reklamalarni o‘chirish talab qilinadi.

Shaharlarda arxitektura yodgorliklarini tungi yoritish taqiqlanadi. Qoidabuzarlar 60 000 dan 100 million yevrogacha jarimaga tortiladi.

Shu bilan birga, narxlarning oshishi tufayli mamlakatda energiya iste’moli allaqachon oyiga o‘rtacha 3,2% ga kamaymoqda. Ispaniya Rossiya energiya tashuvchilarga qaram emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!