Ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to‘lanadi

A A A
Ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to‘lanadi

🔰 Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabrdan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar quyidagi shaxslar uchun ish o‘rinlarining majburiy zaxiralarini shakllantiradi:

▪️ nogironligi bo‘lgan shaxslar;
▪️ oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar;
▪️ Kambag‘al oilalar reestridagi oilalarning a’zolari;
▪️ muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar;
▪️ ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslar.

✅ Bunda majburiy zaxiralash:

🔹 xodimlar umumiy sonining 3 foizidan oshmasligi zarur;

🔹 xodimlari soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga nisbatan qo‘llanadi.

💸 Shuningdek, 2025 yil 1 noyabrdan ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to‘lanadi. Bunda:

🔸 ishsizlik nafaqasi so‘nggi 5 yilda kamida 18 oy ishlagan shaxslarga mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng ular 6 oy ichida murojaat qilganda, ularning oxirgi 18 oylik o‘rtacha ish haqi hisobidan 3 oy davomida to‘lanadi;

🔸 1-oyda o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lanadi;

🔸 2- va 3- oylarda esa o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lanadi.

🗓 Ishsizlik nafaqasini takroran belgilashda dastlabki tayinlangan nafaqani olish muddati tugagandan so‘ng qo‘shimcha ravishda kamida 12 oylik ish staji talab etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.

Buqa 300 ming dollarga sotildi

Австралиядаги кимошди савдосида ангус зотли буқа мамлакат учун рекорд нарх — 420 минг австралия доллари (300 минг АҚШ доллари)га сотилди.

Sun’iy intellekt qachon "qaytib bo‘lmaydigan nuqtaga" yetishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Американинг Anthropic компаниясининг СИ когерентлик стресс-тести раҳбари Эван Хьюбингер ижтимоий тармоқ саҳифасида эълон қилди.

iPhone 18 Pro to‘rt xil rangda taqdim etildi