Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an Suriyaning mamlakat bilan chegaradosh qismlarida harbiy operasiya boshlashdan boshqa yo‘li qolmaganini aytdi. Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya quruqlik askarlari yaqin soatlar ichida Suriyada operasiya boshlashi mumkin. Yaqin sharq hayotini yoritadigan nashrlar erataga, 6 oktyabr kuni tongda turk quruqlik askarlari Suriyaning shimoliy-sharqida operasiya boshlash uchun shay bo‘lishi haqida yozmoqda.
Erdo‘g‘anning aytishicha, AQSh ikki mamlakat o‘rtasida kelishuv shartlarini bajarmagan holda Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh qismida «xavfsiz hudud» yaratish uchun hech narsa qilmayapti. Turkiya yetakchisi bunday holatda mamlakat «odamlari tinch uxlashi uchun» o‘zi kurashishga majbur bo‘layotganini ma’lum qildi. Turkiya Rossiyaning havo hujumidan mudofaa uchun ishlab chiqarilgan S-400 zenit raketa kompleksini sotib olayotganda milliardlab dollarga baholangan bu savdo ajoyib kunlarning birida Turkiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishi aniq edi. Mana, o‘sha kun keldi.
AQSh Turkiyadan «arazladi» va hech qachon munosabatlari yaxshi bo‘lmagan bu mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar yanada sovuqlashdi. AQSh va Turkiya NATOning ikki eng qudratli quruqlik qo‘shinlariga ega a’zosi ekani esa vaziyatni yanada chigallashtiradi. Turkiya uchun Suriya bilan chegaradosh hududlarda harbiy operasiya o‘tkazish yangilik emas. 2016 yildan buyon Turkiya Erdo‘g‘anning shaxsan o‘zi nomlaydigan bir-biridan jarangli «Zaytun novdasi» va «Furot qalqoni» nomli operasiyalar o‘tkazgan. Bu galgi operasiyaning hozircha nomi yo‘q, lekin uning talofati katta bo‘lishi mumkin. Shunchalik kattaki, oqibatda ISHID tiklanishi ham hech gap emas...
2019 yil 7 avgust kuni AQSh va Turkiya birgalikda Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh qismlarida «xavfsiz hudud» yaratish bo‘yicha kelishuv imzolagan. Ikki mamlakat hamkorlikda bu kelishuv asosida reydlar ham o‘tkazgan, ammo Turkiya tomoni bu reydlarni «xo‘jako‘rsin»ga o‘tkazilgan deb atamoqda. Turkiya agar hamkorlikda amaliyotlar amalga oshirilmasa, Suriya hududida yolg‘iz operasiya boshlashidan AQShni ogohlantirgan. Erdo‘g‘an sentyabrda o‘tkazilgan BMT assambleyasida chiqish qilganida Suriya bilan chegaradagi «xavfsiz hudud»ni 480 km.ga yetkazmoqchi ekanini aytgandi.
Turkiyaning asosiy maqsadi Suriyaning o‘zi bilan chegaradagi hududlaridan kurd otryadlarini siqib chiqarish. Turkiya mamlakatda sodir etilgan ko‘plab teraktlarda aynan kurd otryadlarini ayblab keladi va Suriyadagi harbiy amaliyotlar kurdlarga qarshi ochilgan jang deb aytadiganlar ham talaygina. Suriyadagilar ham Turkiyaning hujumiga tayyor bo‘lib turishibdi. Kurd qo‘shinlarining siyosiy qanoti bo‘lgan «Suriya demokratik kuchlari» Turkiyaga agar Suriyaga yana qo‘shin olib kiradigan bo‘lsa, chegarada aql bovar qilmas jang uyushtirishlarini «va’da qilgan». Ekspertlarning fikricha, Turkiyaning Suriya kurdlariga qarshi bu qadar namoyishkorona jang ochishi Suriya va Iroqdagi boshqa kurdlarni ham oyoqqa turg‘azishi, bu esa ISHID tiklanishi uchun asos bo‘lishi mumkin. AQSh razvedkachilari ISHID allaqachon tiklanish jarayonini boshlaganini aytmoqda. Turkiyaning harakatlari esa bu terroristik tashkilot jonlanishi uchun adrenalin vazifasini o‘tashi mumkin.
Erdo‘g‘an Suriya bilan chegarada «xavfsiz hudud»ni tashkil qilishning maqsadlaridan biri u yerda ayni damda Turkiyada bo‘lib turgan 3,6 million nafar qochoqlarni joylashtirish ekanini Yevropa hamjamiyatiga eslatish bilan birga agar bunday hudud paydo bo‘lmasa, Turkiya qochoqlarni Yevropaga «haydashi» bilan qaysidir ma’noda tahdid ham qildi. Yevropa esa shundog‘am sillasini quritayozgan qochoqlarning yangi oqimidan xursand bo‘lmasligi aniq.
6 oktyabr tongi boshlanishiga bir necha soat qoldi. Ko‘ramiz, Yaqin sharq bu tongni qanday kutib olarkin...
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўз тарихида илк марта жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий жамоасининг айни пайтдаги вақтинчалик бош мураббийи Тимур Кападзе истеъфога чиқарилиб, унинг ўрнига Пауло Бентуни бош мураббий этиб тайинланиши мумкинлиги ҳақидаги хабар Хитой матбуотида умид учқунларини уйғотди.
Бутун дунёда ҳомиладор аёлларнинг ярмидан кўпи оғриқ ва иситмани даволаш учун қабул қиладиган парацетамол (ацетаминофен) болаларда асаб тизими ривожланишининг бузилиши хавфи билан боғлиқ бўлиши мумкин.
БМТнинг Фаластинлик қочқинларга ёрдам кўрсатиш агентлиги (UNRWA) маълум қилишича, Исроилнинг Ғазога қарши 23 ойлик уруши 660 минг болани кетма-кет учинчи йил ҳам мактабдан маҳрум қилмоқда.
Венесуэла вице-президенти ва нефть вазири Делси Родригес АҚШга қарши кескин баёнот билан чиқиб, Вашингтонни мамлакат ички ишларига аралашмасликка ва Венесуэла ҳудудидан узоқроқ туришга чақирди.
Давлат хавфсизлик хизмати ва ички ишлар ходимлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда мазкур ер майдонидан жами 247 туп каннабис ўсимлиги ва 27 кг 708 гр марихуана ашёвий далил сифатида олинди.
Янги тадқиқотга кўра, тропик ҳудудларда ўрмонларни кесиш натижасида ҳосил бўлган иссиқлик билан боғлиқ касалликлар сўнгги 20 йилда ярим миллиондан ортиқ инсоннинг ҳаётига зомин бўлган.
Бутун дунёда ҳомиладор аёлларнинг ярмидан кўпи оғриқ ва иситмани даволаш учун қабул қиладиган парацетамол (ацетаминофен) болаларда асаб тизими ривожланишининг бузилиши хавфи билан боғлиқ бўлиши мумкин.
Ғазо секторидаги тиббий манбалар душанба, 25 август куни хабар беришича, сўнгги 24 соат ичида Ғазо секторидаги шифохоналарда очлик ва камоқатдан 11 нафар фуқаро, шу жумладан икки нафар бола ҳалок бўлган.
Кўллар ҳудудининг дурдонаси бўлмиш Бурдур вилояти Туркиянинг Ўрта ер денгизи минтақасида жойлашган. У кўплаб тарихий ва маданий бойликлар, жумладан, қадимий шаҳарлар, тепаликлар, карвонсаройлар, қаср ва масжидлар, шунингдек, табиий гўзалликлари, жумладан, кўллар, ғорлар, қўриқхоналар, боғлар ва платолар билан машҳурдир. Вилоят тарихда Фригия, Рим, Пергамон қироллиги ва Византия даврларини бошдан кечирган.
Меҳнат муҳофазаси – бу ходимларнинг меҳнат фаолияти жараёнида ҳаёти ва саломатлигини сақлашга қаратилган ижтимоий-ҳуқуқий, ташкилкий, техник ва гигиеник чоралар мажмуасидир.
25 август, душанба куни Исроил ҳаво кучлари Жанубий Ғазода жойлашган Нассер шифохонасига икки йирик ҳужумни амалга оширди. Хабарларга кўра, ҳужумлар оқибатида камида 15 киши ҳалок бўлди, улар орасида тўрт нафар журналист бор.
Воқеа содир бўлган куни эса мактабга кетиш учун ҳозирлик кўраётган укасини ака ҳовли четидаги қўшимча бинога судраб кириб, унинг бош, бўйин, кўкрак қафаси, ияк соҳаси каби аъзоларига пичоқ билан тан жароҳати етказади.