Iroqdagi yong‘inda yaralangan 20 kishi davolash uchun Turkiyaga olib kelindi

Iroqdagi to‘yxonada sodir bo‘lgan yong‘inda jarohatlangan 20 kishi davolanish uchun Turkiyaga olib kelindi.
Iroq harbiy samolyoti 21:00 da Istanbul ayeroportiga qo‘ndi.
Yaralanganlar tez yordam mashinasida shaharning Gaziosmanpasha tumanidagi shifoxonaga yuborildi.
Iroqning Istanbuldagi Bosh konsuli Muhammad Salmon, mavzu yuzasidan bayonot bergan Turkiya Tashqi ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 26-sentyabr kuni Iroqning Naynavo gubernatorligi markazi Mosul shahri yaqinidagi Qoragush shahridagi to‘yxonada yong‘in sodir bo‘lgan edi. Oqibatda 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 200 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)