Iroq va Ummon terma jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yini oldidan yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, o‘nlab muxlis jarohat olgan

Iroq va Ummon terma jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yini oldidan yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, o‘nlab muxlis jarohat olgan

Fors ko‘rfazi kubogi-2023 finalida Iroq terma jamoasi 19 yanvar, payshanba kuni Ummonga qarshi bahs olib boradi.

Basradagi uchrashuv boshlanishidan bir necha soat avval stadion atrofida minglab muxlis to‘plangan. Ularning aksariyatida chipta bo‘lmagan va ular stadionga kirishga uringan.

Natijada tartibsizliklar yuzaga kelgan, tiqilinchlar oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgani, 60 ga yaqin odam jarohat olgani xabar qilinmoqda.

2023 yilgi Fors ko‘rfazi Kubogiga Iroqning Basra shahri mezbonlik qilmoqda. Iroq va Ummon terma jamoalari guruh bosqichida ham o‘zaro to‘qnash kelgandi (0:0). Bu jamoa Saudiya Arabistoni va Yamanni guruhda qoldirib, yarim finalga chiqdi.

Final uchun kechgan o‘yinlarda mezbonlar Qatarni mag‘lub etdi (2:1), Ummon esa Bahrayndan ustun kelgandi (1:0).

Iroq va Ummon terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin O‘zbekiston vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!