Iqlim o‘zgarishlari O‘zbekistonga qanday ta’sir qilmoqda?

A A A
Iqlim o‘zgarishlari O‘zbekistonga qanday ta’sir qilmoqda?

Bugun “iqlim o‘zgarishlari”, “global isish”, “ekologik tanglik”, “issiqxona effekti” singari tushunchalar tilimizga ancha o‘rnashib qoldi. Qolaversa, ommmavy axborot vositalari bu haqda anchadan beri tinimsiz bong urib kelayotir. 

O‘zi nimalar bo‘lyapti?

Aslida, iqlim o‘zgarishlari bir-ikki yilda yuzaga keladigan hodisa emas. Zotan, sayyoramiz tarixida uning tegrasidagi harorat muntazam ravishda o‘zgarib kelgan. Bu jarayonlar ko‘plab jonivorlar yoki o‘simliklarning yo‘qolib ketishi, o‘zgacha hayot tarzi, yangicha tiriklik belgilari paydo bo‘lishiga zamin yaratgan.

Jahon meteorologiya tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, ming yillar davomida uglerod tabiiy usulda biosfera, atmosfera va dunyo okeani bo‘ylab bir xil me’yorda harakatlanib kelgan. Bu jarayon atmofserada karbonad angidrid va boshqa gazlarning havodagi miqdorini me’yorida tutib kelgan.

So‘nggi bir yarim asrda iqlim o‘zgarishlariga inson omili katta rol o‘ynayotir. Ishlab chiqarish shiddat bilan rivojlanib, atrof-muhitga chiqarilayotgan zararli chiqindilar miqdorining ortishi, demografik o‘sish, avtomobillarning ko‘payishi havoning o‘rtacha harorati ortishiga sabab bo‘lyapti. Iqlimni mo‘’tadil saqlashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar maydoni yildan yilga qisqarib borayotir.

Shunday davom etaversa, asrimiz oxirlariga borib, havoning o‘rtacha harorati +4 darajaga oshadi. Bu esa, Antarktida, Grenlandiya va Shimoliy qutbda katta miqdordagi asriy muzliklarning erib, okeanga qo‘shilishi, dunyo okeani sathining ko‘tarilishi natijasida quruqlikdagi ko‘plab shaharlar, kichik orollarning suv ostida qolishi demakdir.

Mutaxassislar faqatgina havoga uglerod gazlari chiqarish miqdorini qisqartirish orqali iqlim o‘zgarishlarining oldini olish mumkin deyishmoqda. Shu sababli dunyodagi 180 dan ortiq korxona energiyadan qayta tiklanadigan manbalaridan foydalanish yo‘liga o‘tmoqda. 18 ta transmilliy korporasiyalar to‘liq elektromobillardan foylanishni rejalashtirgan.

Sammitlar va hujjatlar ish beryaptimi?

O‘tgan asrning oxirlarida global isishning oldini olish dunyo hamjamiyatini e’tiborini tortdi. 1992 yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida BMTning iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha doiraviy konvensiyasi qabul qilindi. 1997 yili Yaponiyada iqlim o‘zgarishlariga olib keluvchi «parnik gaz»larini atmosferaga chiqarishni qisqartirish yuzasidan Kioto protokoli imzolandi. 2005 yil 16 fevraldan rasmiy kuchga kirgan protokolni dunyoning 156 davlati ratifikasiya qilgan.

Kioto protokoliga muvofiq sanoat rivojlangan davlatlar 2008-2012 yillargacha o‘rta hisobda atmosferaga «parnik gaz»lari chiqarishni 1990 yildagi ko‘rsatkichdan 5 foizga qisqartirishi lozim edi. Buning uchun har bir davlatga aniq kvotalar belgilandi. Ammo, bu kelishuv amalda kutilgan natijalarni bermadi.

2015 yilning 30 noyabr-12 dekabr kunlari ushbu protokolning davomi o‘laroq, Parijda o‘tkazilgan sammitda 80 mamlakat vakillari qatnashdi. Bitimdan ko‘zlangan maqsad haroratning global o‘sishini Selsiy shkalasi bo‘yicha o‘rtacha 2 darajadan past holatda ushlab turish va harorat o‘sishi 1,5 darajada cheklanishi uchun sa’y-harakatlarni ishga solishdan iborat.

Tabiatda «parnik gaz»lari kamayishini tezlashtirish uchun konferensiyada ishtirok etgan davlatlar o‘z zimmalariga yangi majburiyatlarni olgan. Masalan, Rossiya 2030 yilga borib atmosferaga SO2 (karbonat angidrid) gazi chiqarishni 1990 yildagi ko‘rsatkichdan 30 foiz kamaytirishi joiz. Atmosferaga uglerod gazlari chiqarish bo‘yicha dunyoda Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi AQSh esa 2025 yilga borib, 2005 yildagi ko‘rsatkichni 26-28 foiz qisqartirishi shart.

Albatta, taraqqiyotni to‘xtatib bo‘lmaydi. Aholi sonining o‘sib borishi ishlab chiqarish va sanoatni ham rivojlantirishini talab etmoqda. Biroq, texnogen jarayonlar shu taxlit rivojlanaversa sayyoramizni muqarrar xavf-xatar kutadi.

Shu bois, uglevodorod uning o‘rnini bosuvchi, nisbatan arzon, atrof-muhit uchun xavfsiz resurslar, jumladan, quyosh, shamol, suv, atom va boshqa energiya manbaridan foydalanish haqidagi takliflar ilgari surilmoqda.

Keyingi besh yil juda issiq keladi

Sammitlar o‘tkazilgani, hujjatlar imzolanganiga qaramay, hozircha iqlim o‘zgarishlarida “o‘zgarish” sezilmayapti. Sayyoramizning iqlimiy kelajagi haqida olimlar yakdil xulosaga kelishgani yo‘q. Bir guruh olimlar iqlim o‘zgarishlari global harorat ko‘tarilishiga olib kelmoqda, degan fikrni ilgari sursa, boshqa bir guruh global muzlik davri yuzaga kelishini yaqinlashtiradi, degan fikrni bildirishgan. 

Joriy yil qish oylarida shimoliy mintaqalarda havo keskin sovub ketgani, yoz esa kutilganidan ancha issiq kelgani, Yaponiya, Kanada, Gresiya singari mamlakatlarda havonining me’yoridan issiq kelishi bir qator muammolarni keltirib chiqargani o‘rmon yong‘inlari yuz bergani, yuzlab insonlar nobud bo‘lgani ham ayni haqiqat.

Yaqinda Brest va Sautgempton universitetlari mutaxassislari 2018 yildan boshlab keyingi to‘rt yil davomida sayyorada harorat qo‘shimcha 0,03 darajaga ko‘tarilishini aniqlashdi.

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish esa, o‘z chiqishida iqlim o‘zgarishlarining aql bovar qilmas oqibatlari aqida to‘xtalib o‘tdi. Birgina o‘tgan yili iqlim o‘zgarishlar tufayli yuz bergan tabiiy ofatlar jahon iqtisodiyotiga 320 mlrd dollardan ortiq zarar keltirgan.

Guterrishning aytishicha, o‘rmonlarni tiklash uchun kiritilgan 1 dollarlik sarmoya 30 dollar foyda keltirishi, qayta tiklanadigan enegriya manbalaridan foydalanish 1 mlrd kishini elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi. Joriy haftada AQShning Kalliforniya shtatida iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan xalqaro sammit, yil so‘ngida esa, Polshaning Katovise shahrida shu masalada muzokaralara o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Bizning mintaqada ahvol qanday?

Tabiiyki iqlim o‘zgarishlari keyingi yarim asr ichida bizning mintaqaga ham sezilarli ta’sir o‘tkazdi. Bir paytlar mavjlanib yotgan Orol dengizi maydoni o‘nlab baravarga qisqarib, uning o‘zani qaqroq sahroga aylandi.

So‘nggi yillarda havo haroratining ko‘tarilishi natijasida Sirdaryo va Amudaryoni suv bilan ta’minlaydigan Pomir va Tyanshan muzliklari shiddat bilan erib bormoqda. Tojikiston hamda Qirg‘iziston vakillari ba’zi muzliklar 20-30% eriganini aytishmoqda. Bir necha o‘n yilliklar ichida esa bu muzliklarning yarmidan ko‘pi erib bitishi mumkin.

Mintaqamizda ichimlik suvining 80 foizi ana shu muzliklardan kelishini hisobga olsak, ularning erishi yaqin kelajakda suv tanqisligini keltirib chiqarishi mumkin.

“O‘zgidromet” ma’lumotlari O‘zbekistonda ham iqlim o‘zgarishlari o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganini isbotlamoqda, Mamlakatimizda ob-havoni kuzatish 1872 yildan boshlangan. Birgina Toshkent shahrida o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 423,4 millimetrni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan bir asr davomida bu ko‘rsatkich 60 mm.ga oshgan. So‘nggi yuz yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, birgina Toshkent shahrida o‘rtacha yillik harorat 1.7 darajaga oshgan. Ayni paytda sayyoramiz miqyosida bu ko‘rsatkich 0.7-0.8 darajani tashkil qiladi.

O‘tgan yozda ham havo haroratininig keskin ko‘tarilganiga guvoh bo‘ldik. Joylarda 45 darajadan yuqori harorat kuzatildi.

Ko‘pchilikni uzoq kelajak emas, yaqin kunlarda kutilayotgan o‘zgarishlar qiziqtirishi tabiiy. Keyingi yillarda oktyabr oyi ham ancha iliq kelgan. 2002-2003 yillarda ushbu oyda harorat +34-35 darajaga ko‘tarilgan. Oyi oxirida harorat +31-32 darajani tashkil etgan. Oktyabr oyi uchun eng past harorat so‘nggi davrlarda 2016 yilda kuzatilgan bo‘lib, havo harorati -2-4 daraja sovuqqacha tushib ketgan. Noyabr oyi 2010 yil juda quruq kelgan bo‘lsa, 2011 yilda seryog‘in kelgan.

Nima qilmoq kerak?

Iqlim o‘zgarishlarining noxush oqibatlariga qarshi kurashish maqsadida O‘zbekiston hukumati tomonidan xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik faol yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston yuqorida tilga olingan xalqaro shartnoma va bitimlarga qo‘shilgan. Jumladan, 2016 yil 19 aprel kuni O‘zbekiston Parij bitimiga qo‘shildi.

Joylarda keyingi yillarda mintaqa mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik muhitininig rivojlanishi, munosabatlarning iliqlashishi iqlim o‘zgarishlarini muvofiqlashtirishga ham ijobiy ta’sir qilishi mumkin. Xususan avgust oyida Turkmanistonda Orol muammosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan sammitda ham mintaqadagi davlat rahbarlari ana shu masalalarni keng muhokama qilib, zarur chora-tadbirlarni belgilab olishdi.

Biroq, bu masala faqat davlat idoralari, soha mutaxassislari zimmasidagi vazifa emas. Har bir inson global isish, iqlim o‘zgarishlarining oldini olishga qo‘lidan kelgancha hissa qo‘shishi shart. Ishlab chiqarish korxonalarida asosan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, imkon qadar ekologik toza transport vositalari (velosiped, elektromobil) xizmatidan foydalanish, yirik shahalarimizda avtomobilsiz kunlarni joriy etish, ko‘p miqdorda yoqilg‘i sarflaydigan avtomashinalar uchun to‘lovlarni oshirish singari choralar ham ma’lum ma’noda iqlim o‘zgarishlarini cheklashga yordam berishi mumkin. 

Hududlarda, ayniqsa shahar joylarida daraxtzorlarni yanada ko‘paytirish, daraxtlarning asossiz kesilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Zotan, tabiiy boyliklarimizga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lsak, suv, gaz, elektr energiyasining ortiqcha sarfiga yo‘l qo‘ymasak, o‘zimiz yashayotgan hudud, hovli yoki ko‘chaning toza va ozodaligiga e’tibor qaratsak, nur ustiga nur bo‘lur edi.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

Manba: "Real" ertaga g‘alaba qozonmasa, Alonso ketadi. Uning o‘rnini kim egallashi ham ma’lum

Мадриднинг "Реал" клуби бош мураббийи Хаби Алонсо 14 декабрь куни бўлиб ўтадиган "Алавес"га қарши сафар ўйинида ғалаба қозонмаса, истеъфога чиқарилади.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Tramp Lotin Amerikasiga zarbalar berishni e’lon qildi

АҚШ президенти Доналд Трамп Қўшма Штатлар армияси наркотик савдосига қарши ҳарбий кампанияни кенгайтиришини ва Лотин Америкасида қуруқликдаги нишонларга зарбалар бера бошлашини маълум қилди.

Diario AS: Yurgen Klopp "Real" borasida bir qarorga keldi

"Ливерпуль"нинг собиқ устози Юрген Клопп катта эҳтимол билан "Реал"ни бошқармайди.

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.

Qozog‘istonda 52 kishi poyezdda is gazidan zaharlandi

«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.

Sem Altman bola tarbiyasini ChatGPT’siz tasavvur qila olmaydi

Альтман болаларни ҳеч қачон сунъий интеллектдан “ақллироқ” бўлмаслигини, лекин улар олдинги авлодга нисбатан анча қобилиятли бўлиб ўсишини таъкидлади.

Samarqandda IIB xodimi o‘smirning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Булунғур тумани ИИБ профилактика инспектори жиноий жазога тортилди. Унга нисбатан қўзғатилган жиноят иши ЖИБ Пайариқ туман судида кўриб чиқилиб, ҳукм ўқилди.