"Iphone 15" larni chetdan noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

"Iphone 15" larni chetdan noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Vodil-Marg‘ilon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtotransport vositasi salonida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 394 million so‘mlik 3 turdagi jami 28 dona “IPHONE 15” rusumli uyali aloqa vositalari yashirilganligi aniqlanib ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!