iPad do‘konning o‘zidayoq yonib ketib, uch kishini jarohatladi!

iPad do‘konning o‘zidayoq yonib ketib, uch kishini jarohatladi!

Kuni kecha Amsterdamdagi Apple Store do‘konida ham shunday noxush voqea sodir bo‘ldi – vitrinada turgan iPad o‘z-o‘zidan tutab, alangalanib ketdi. Do‘kon xodimlari yashin tezligida uni qum to‘ldirilgan maxsus konteynerga joylashdi.

Ammo planshet konteynerda turgan holida ham zaharli tutun chiqarishda davom etdi. Oqibatda do‘kon xodimlaridan uch nafarining ahvoli og‘irlashdi. Shu bois chaqirilgan «Tez yordam» mashinasi ularni o‘pkalarini tekshirtirish uchun kasalxonaga olib ketdi. Ushbu voqea tufayli do‘konni bir necha soatga yopib qo‘yishga to‘g‘ri keldi.

iPad’ning yonib ketishiga uning akkumulyatori qizishi sabab bo‘lgan, deyiladi xabarda. Zero, vitrinaga qo‘yiladigan namunalar tunu kun uzluksiz yoqiq turadi, shu bois ularning ekrani va prosessoriga yuk tushadi.

Manba: terabayt.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!