Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi: Arab davlatlari mojaro tugaganidan keyin G‘azoga qo‘shin yubormaydi

Arab davlatlari tartibni tiklash uchun mojaro tugaganidan keyin G‘azo sektoriga o‘z harbiylarini yuborishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Iordaniya tashqi ishlar vaziri Ayman Safadiy ma’lum qildi.
“Biz kelib, Isroilni tozalashimiz kerakmi? Bu sodir bo‘lmaydi», - deya uning so‘zlarini keltiradi The New York Times gazetasi.
Safadiy arab davlatlari falastinliklarga dushman bo‘lish niyatida emasligini ta’kidladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)