Biroq yaqin vaqtgacha ayniqsa sayohatlarda qo‘l keladigan bunday foydali qo‘llanmani faqat internetga ulangan holda amalga oshirish mumkin edi, rouming esa arzonga tushmasligini yaxshi bilamiz. Google vakillari Tarmoqqa ulanish zaruratisiz neyrotarmoqli tarjima funksiyasini bajara oluvchi mobil ilova ishlab chiqilgani haqida e’lon qilishdi.
Ta’kidlash joizki, Google bunday xizmatni yo‘lga qo‘yayotgan birinchi korporasiya emas. Microsoft bunga qadar oflayn neyrotarmoqli tarjimon ishlab chiqqan. Biroq siz va biz uchun bu kompaniyalarning o‘zaro raqobatga kirishishini va ularni o‘z mahsulotlarini yanada yaxshilash ustida ishlashlarini, oxir-oqibat bundan foydalanuvchilar manfaatdor bo‘lishini bildiradi.
Google'ga ko‘ra, 15 iyun kunidan boshlab barcha Android va iOS foydalanuvchilari neyrotarmoqli tarjima funksiyasidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Ishlab chiquvchilar 59 xil til paketlari qo‘llab-quvvatlanishi haqida ma’lum qilishmoqda. Bir til paketi hajmi taxminan 35 megabaytni tashkil qiladi.
Umuman olganda, mazkur bosqichda Google dasturchilari ijod mahsuli jozibasi Microsoft mahsuliga qaraganda ko‘proq: til paketlari raqib mahsulotidan yengilroq, shu bilan birga, Google mahsuloti hatto eng byudjet modellardagi qurilmalarda ham ishlaydi (Microsoft'da esa buning uchun maxsus chip kerak bo‘ladi). Shuningdek til paketlari jihatidan ham Google ustun - 59 paketga qarshi 11 paket.
Manba: kun.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Шенчжен халқ суди мусодара қилинган судралиб юрувчиларни аукцион орқали сотишга қарор қилди. Харидор судралиб юрувчиларни фермадан мустақил равишда олиб кетиши керак
Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 186-1-моддаси (этил спирти, алкоголли маҳсулот ва тамаки маҳсулотини қонунга хилоф равишда муомалага киритиш ёки ишлаб чиқариш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.
АҚШ президенти Доналд Трамп Хитойнинг унга нисбатан жорий қилинган тарифларга жавоб чораларини қоидаларни бузиш деб атади. Унинг сўзларидан иқтибос келтирмоқда РИА Новости .
АҚШ президенти Доналд Трамп дунёнинг аксарият мамлакатлари импортига бож солганидан сўнг, унинг шахсий бойлиги 500 млн долларга қисқарди, деб ёзди Forbes.
Доналд Трамп 9 апрел кунидан бошлаб Хитой товарларига қўшимча божлар жорий этиш билан таҳдид қилди Унинг айтишича, бу Вашингтоннинг Хитой импортига божларни ошириши сабаб Пекин томонидан жорий қилинган АҚШ импортига қўшимча 34 фоизлик божларга жавоб бўлади.