Sog‘liqni saqlash vazirligining Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi ijtimoiy tarmoqlarda Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi faoliyati bilan bog‘liq holat aks etgan videotasvirlar yuzasidan bayonot bilan chiqdi.
Ma’lum bo‘lishicha, videolavhada aks etgan voqea 2019 yilning 13 mart kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni fuqaro M. T. qizi M. va jiyani N.ni ushbu markaz poliklinikasiga olib keladi.
U yerda fuqaro M. T. markaz poliklinika hamshirasi Zilola Kamolovaga qizi M.ning og‘ir xolatini inobatga olgan holda, shifokorlarni navbatsiz qabul qilishini so‘raydi. Shundan so‘ng poliklinika mudiri Xabiba Rahmonova fuqaro M.ni ko‘rikdan o‘tkazib, qon tahlilini tekshirish kerakligini yozib beradi. Ammo tibbiy tekshiruvlar uchun to‘lov puli kassaga emas, balki hamshiraga berilgan. O‘rganishlar natijasida fuqaro tomonidan qizining tibbiy ko‘rigi uchun berilgan summaning lozim bo‘lgan miqdori markaz kassasiga to‘liq kirim qilingan.
Tabiiyki, ushbu holat tibbiy deontologiya va axloqiy me’yorlarni buzish sifatida baholanib, shu yilning 5 aprel kuni poliklinika mudiri X. Rahmonova va xamshira Z. Kamolovalar o‘z vazifasidan ozod etilgan. Video lavhada mazkur markaz direktori o‘rinbosari Feruza Haydarovaning ishga qabul qilish va bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va ularni yotqizish bilan bog‘liq bildirilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmagan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi shu yil 21 iyunda mazkur markaz faoliyatini kompleks o‘rganib chiqib, hay’at yig‘ilishida tahlil qildi. Uning natijalariga ko‘ra, ushbu muassasaning to‘rt nafar mas’ul xodimiga faoliyatiga yul qo‘ygan kamchiliklari uchun intizomiy jazo - hayfsan berildi.
Voqea tafsiloti yuzasidan ko‘rilgan barcha chora tadbirlar javobi murojaatchiga o‘z vaqtida yetkazilgan.
Shuningdek, bayonotda internetdagi bunday lavhalar xalqimizning xizmati uchun tun-u kun tinim bilmayotgan minglab shifokorlarimiz faoliyatiga salbiy baho berilishiga sabab bo‘layotgani aytiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.
АҚШ ва Исроил Эронга қарши кенг кўламли уруш бошлаганидан йигирма кундан зиёд вақт ўтган бир паллада Қўшма Штатлар ҳарбийлари орасида ташвиш ва хавотир кучаймоқда, деб ёзмоқда HuffPost нашри.
Эрон ахборот агентлиги Тасним хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Доналд Трамп учун бир нечта сюрпризлар тайёрлади, улар яқин кунларда эълон қилинади.
Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.