“International Experience" xususiy bandlik agentligiga berilgan lisenziya to‘xtatildi

“International Experience" xususiy bandlik agentligiga berilgan lisenziya to‘xtatildi

“International Experience xususiy bandlik agentligi” MCHJga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan lisenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga  “International Experience xususiy bandlik agentligi” MCHJ faoliyati ustidan ko‘plab fuqarolardan shikoyat arizalari kelib tushgan. Mazkur agentlik fuqarolarni Germaniya, Chexiya, Litva davlatlariga ishga joylash uchun ulardan 50 ming AQSh dollaridan ziyod pul olgan, biroq shartnoma shartlarini bajarmagan.

Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni lisenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 45-bandiga muvofiq, “International Experience xususiy bandlik agentligi” MCHJ lisenziyasining amal qilishi 10 ish kuni muddatiga to‘xtatilganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Shu 10 kun davomida “International Experience xususiy bandlik agentligi”  MCHJ tomonidan fuqarolar bilan tuzilgan shartnoma shartlari bajarilishi talab etiladi.

mehnatvazirligi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!