Insulinni organizmga “ukol”siz yetkazib beruvchi robot-kapsula yaratildi

Insulinni organizmga “ukol”siz yetkazib beruvchi robot-kapsula yaratildi

Qandli diabetning birinchi turidan aziyat chekuvchi bemorlar muntazam insulin moddasini qabul qilishlari lozim. Ammo in’eksiya shaklidagi bu garmon teri ostiga yuborilishi bois mazkur jarayon ko‘pchilik uchun qiyinchilik tug‘dirishi tabiiy.

AQShning Massachusets texnologiya instituti olimlari ushbu muammo yechimini topish maqsadida izlanishlar olib bordi. Natijada organizmga insulin va boshqa dori vositalarini “ukol”siz yetkazib beruvchi maxsus robot yaratildi.

Yangi “RoboCap” qurilmasining ko‘rinishi xuddi dori kapsulasiga o‘xshash. Uning bir uchiga zarur preparat rezervuari o‘rnatilgan. Ikkinchi tomonidan esa moslamani harakatlantiruvchi, uni oshqozon kislotasidan himoya qiladigan va ichak shilliq qavatlaridan o‘tishiga imkon beruvchi mitti mexanizm joy olgan. Qurilma yuzasi jelatin moddasi bilan qoplangan.

Olimlar “RoboCap”ni jonivorlarda sinab ko‘rdi. Moslama hayvonlar organizmiga insulin va boshqa zarur preparatlarni beziyon va samarali yetkazib berish vazifasini to‘laqonli uddaladi.

Endi innovasion ishlanma insonlarda klinik sinovdan o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!