Inson huquqlari sohasidagi samarali faoliyat munosib e’tirof etildi

Inson huquqlari sohasidagi samarali faoliyat munosib e’tirof etildi

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan 2023-yil davomida inson huquqlari sohasida faol va samarali hamkorligi uchun Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Ushbu e’tirofga erishishda, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-siyosiy va huquqiy-profilaktik tadbirlarni tashkil etishda va bu orqali talaba-yoshlar orasida huquqiy savodxonlikni oshirishda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining hissasi katta. Shu sababli, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan berilgan tashakkurnomani Ijtimoiy-siyosiy faollik va huquqiy savodxonlikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Mansur Boysariyev qabul qilib oldi.

Taqdirlash marosimi 10-dekabr “Inson huquqlari kuni” munosabati bilan tashkil etildi. Ushbu yutuqga erishishga o‘z munosib hissasini qo‘shgan barcha xodimlarga omad va zafarlar tilaymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!