Inson huquqlari himoyasi uch barobar oshdi — Asadov Konstitusiya haqida

A A A
Inson huquqlari himoyasi uch barobar oshdi — Asadov Konstitusiya haqida

O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov 2023 yilda qabul qilingan o‘zgartishlardan so‘ng asosiy qonun qanday o‘zgargani haqida gapirib berdi.

"Jamoatchilik muhokamasi va takliflar kiritish natijasida asosiy qonunning 65 foizi yangilandi, inson huquqlari va inson huquqlarini himoya qilishga oid normalar qariyb 3 barobar oshdi. Aytishimiz mumkinki, yangilangan Konstitusiyamiz inson huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq xalqaro amaliyotning barcha zamonaviy tendensiyalari, talab va normalarini o‘zida mujassam etgan", - dedi Asadov.

Davra suhbatida MDH parlamentlararo assosiasiyasi vakillari, RF Jamoatchilik palatasi a’zolari, shuningdek, yetakchi OTM va OAV vakillari ishtirok etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!