O‘q otar qurol ishlab chiqaruvchi “FN Herstal” kompaniyasi nafaqat insonni o‘ldirmaydigan qayishqoq snaryad otadigan, balki inson boshini tanib, o‘q uzishni rad etuvchi to‘pponcha ham yaratdi. Qurol raqamli intellektual durbin bilan jihozlangan, deb yozmoqda “New Atlas”.
Tartibsizlik yoki namoyishni bostirishda qo‘llanadigan bu moslama boshqa aslahalardan farq qiladi. Qurolning asosiy nishoni nazoratdan chiqqan vaziyatni qayta nazoratga olish, zo‘ravonlikni kamaytirishdir.
Bu jarayonda eng maqbuli o‘rtalikdan chiqmaslik. Bir tomondan qurol zo‘ravonlikning oldini olish uchun zarur kuchga ega bo‘lishi, ikkinchi tomondan, jiddiy jarohat yetkazmasligi lozim. Agar rezina o‘q ko‘krakka tegsa, odam vaqtincha bo‘lsa ham safdan chiqish yoki ortga chekinishga majbur bo‘ladi, lekin boshga qarata uzilgan o‘q o‘limga olib kelishi mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.