Inqirozga uchragan “Nasaf”ning umidi kelin-kuyovlardan

Inqirozga uchragan “Nasaf”ning umidi kelin-kuyovlardan

Qarshining “Nasaf” jamoasi o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Markaziy” stadioni orqali pul topish yo‘llarini kengaytirmoqda.
 
“Yaqinda yangi oila qurayotgan, kelin-kuyovlarni esdalik uchun rasmga va videoga tushishini yo‘lga qo‘ydik. Bu ishimiz ham oz bo‘lsa-da klubga moliyaviy yordam bo‘lmoqda. Stadionimizda milliy terma jamoamiz uchrashuvlarini ham o‘tkazish bo‘yicha, O‘FAga rasmiy taklif bilan chiqqanmiz. Agar bunday imkoniyat bo‘lsa, mahalliy muxlislarimiz ham xursand bo‘lar edi”, deya ma’lum qilgan “Markaziy” stadionning yangi direktori Umid Navro‘zov.
 
Bundan tashqari, klub 2019 yildan o‘z stadionida bepul Wi-Fi tarmog‘ini ishga tushirishni rejalashtirib turibdi. Shu maqsadda allaqachon internet provayderlari bilan muzokaralar boshlab yuborilgan. Shu yo‘l orqali klub mutasaddilari stadionga keladigan muxlislar sonini ko‘paytirmoqchi.
 
Xabaringiz bor, bu mavsum Qarshining “Nasaf” jamoasi moliyaviy qiyinchiliklar girdobiga tushib qolgan va bu uning o‘yini sifatiga ham ta’sir qilgan. Holat o‘z navbatida, stadionga keladigan muxlislarning kamayishiga olib kelgan edi.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!