Indoneziya huquqiy ishlar vaziri Yusril Ihza Mahendra isroillik sportchilarning mamlakatga kirishiga ruxsat berilmasligini aytdi.
«Hukumat Jakartada bo‘lib o‘tadigan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatiga borish niyatida bo‘lgan isroillik gimnastikachilarga viza bermaydi», — deya AP agentligi Mahendraning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Isroil gimnastika federasiyasi yakshanba kuni Indoneziyaning o‘z sportchilarining jahon chempionatida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilgan qarori ustidan shikoyat qilib, dunyodagi eng katta musulmon davlatining harakatini «g‘azablanarli» deb atadi.
Janubi-Sharqiy Osiyo davlati juma kuni Isroilning G‘azodagi urushi tufayli isroillik gimnastikachilarga vizani bermaganini ma’lum qildi. Isroil terma jamoasi 19-25 oktyabr kunlari Jakartada bo‘lib o‘tadigan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etishi kerak edi.
Yusril Ihza Mahendraning aytishicha, bu qaror Islom ulamolari kengashi va Jakarta mahalliy hukumati kabi guruhlarning e’tirozlariga asoslangan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu harakat Indoneziyaning uzoq yillik siyosatiga mos keladi va u «Falastin davlatining mustaqilligi va to‘liq suverenitetini» tan olmaguncha Isroil bilan diplomatik aloqalar o‘rnatmaydi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.