Immunitetni ko‘tarish uchun qanday mahsulotlar iste’mol qilgan ma’qul?
📌 Ko‘pincha qish faslida immunitet tizimi zaiflashib, odamlar orasida mavsumiy kasalliklar avj oladi. Xo‘sh, buning oldini olish uchun qanday mahsulotlar iste’mol qilish lozim?
🚫 — Avvalo, sho‘r, achchiq va yog‘li taomlardan tiyilish zarur. Tarkibida shakar va kofein bo‘lgan mahsulotlar iste’molini ham cheklagan ma’qul, — deydi Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Botir Tojiyev.
🥒🍅🥕🍎 — Ularning o‘rniga, qovoq, sabzi, lavlagi, pomidor, piyoz, sarimsoq, ko‘katlar, sutli mahsulotlar, olma, sitrus mevalar, yog‘siz go‘sht, baliq va asal tanavvul qilish tavsiya etiladi.
📈 Ushbu noz-ne’matlar organizmni mineral va vitaminlar bilan to‘yintirib, immunitet tizimini mustahkamlaydi.
🧅 Tananing kasalliklarga qarshi kurashuvchanlik qobiliyatini oshiradigan mahsulotlardan biri — piyoz. U organizmga tushgan mikroblar bilan kurashish, saraton hujayralari o‘sishini to‘xtatishga yordam beradi, immunitetni oshiradi.
🧄 Sarimsoq piyoz — stressdan keyin tanani tiklashga ko‘maklashadi, jigarni tozalaydi. U yallig‘lanish va o‘smalar bilan kurashish uchun ajoyib vositadir.
🍋 S vitamini ham immun tizimini mustahkamlaydi. U limon, na’matak, apelsin, shirin qalampir, qora smorodina tarkibida ko‘p miqdorda mavjud bo‘ladi.
✅ Zanjabil (imbir) — organizmning kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini tez kuchaytiruvchi mineral va vitaminlarga boy mahsulot.
🥣 Kuniga bir choy qoshiq asal iste’mol qilish ham sog‘lik uchun foydali.
‼️ Biroq allergiyaga moyil, surunkali kasalliklardan aziyat chekuvchi kishilar bu mahsulotlarni iste’mol qilishda shifokorlar bilan maslahatlashishlari zarur.
