Ilon Mask xavotirda

Ilon Mask xavotirda

Ilon Mask ota-onasining Janubiy Afrikadagi uyiga 15 ming dollarlik yangi yuqori texnologiyali xavfsizlik tizimlari o‘rnatdi. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, milliarder oilasidan kimdir o‘g‘irlab ketilishi va bu orqali tovon puli talab qilinishidan qo‘rqmoqda. Pudratchilar dekabr oyida Ilon Mask otasi Errol Maskning Langebaandagi uyga kelib, 15 000 dollarlik zamonaviy xavfsizlik tizimlarini o‘rnatgan.

«Ilonning odamlari men bilan bog‘lanib, uyimni to‘liq qo‘riqlashini aytdi. Dekabr oyida men ushbu xavfsizlik kompaniyasidan uyni himoya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar olganman. Endi uyda to‘qqizta kamera bor, ular kuniga 24 soat nazorat qiladi va men ularni telefonim hamda televizorim orqali boshqara olaman. Uyimning atrofiga elektr panjara ham o‘rnatilgan. Hozirda birinchi darajali xavfsizlikka egaman. Bu aql bovar qilmaydigan narsa», — dedi Ilon Maskning otasi.

U yuqorida xavfsizlik tizimlarining har biriga qurollangan qo‘riqchilar biriktirilganini aytdi. Errol bunday xavfsizlikda yashay olmasligi, lekin Yoxannesburg va Pretoriyada jinoyatchilik darajasi yuqoriligini hisobga olib, murosaga kelganini ta’kidladi.

«To‘g‘risini aytsam, biror yomon narsa sodir bo‘lishi yoki tom ma’noda otishma xavfi juda katta», — dedi u va Ilon Mask Twitter’ni sotib olganidan keyin uning oilasi uchun qo‘rquv kuchayganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!