Ilon Mask dunyodagi eng katta superkompyuterni yaratmoqchi

Ilon Mask dunyodagi eng katta superkompyuterni yaratmoqchi

Ilon Maskning X.AI kompaniyasi Memfisda (AQSH, Tennessi shtati) dunyodagi eng yirik superkompyuterni yaratmoqda. Bu haqda Buyuk Memfis savdo palatasi rahbari Ted Taunsend WREG axborot kanalida ma’lum qildi, deb yozadi TASS.

«X.AI Gigafactory of Compute, dunyodagi eng katta superkompyuter Memfisda joylashishini e’lon qilishdan xursandman. Odamlarni Marsga yuborish uchun zarur bo‘lgan hisoblash resurslarini tasavvur qiling. Ular shu yerda, Memfisda bo‘ladi”, - dedi u.

Savdo-sanoat palatasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, loyihani amalga oshirish uchun Memfis va Shelbi okruglari iqtisodiy rivojlanish idoralari, Tennessi daryosi vodiysi ma’muriyati va boshqa bir qancha idoralardan ruxsat olish kerak bo‘ladi.

Ma’lumki, superkompyuter sun’iy intellektga (AI) asoslangan tizimlarni tezlashtirish uchun mo‘ljallangan Nvidia H100 grafik prosessorlari bilan ishlaydi. Taxminlarga ko‘ra, u avval Shvesiyaning maishiy texnika ishlab chiqaradigan Electrolux Group kompaniyasiga tegishli bo‘lgan zavodda joylashgan.

Taunsendning aytishicha, X.AI bilan superkompyuter yaratish bo‘yicha muzokaralar shu yilning mart oyida boshlangan. Avvalroq Mask o‘z startapi 2025 yil kuzigacha superkompyuter ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!