Ikki karra Jahon chempioni koronavirusdan vafot etdi

Ikki karra Jahon chempioni koronavirusdan vafot etdi

Italiyalik motopoygachi, «MotoGP»ning ikki karra jahon chempioni Fausto Grezini vafot etdi. 

«Gazzetta dello Sport» xabariga ko‘ra, u 22 fevral kuni kechqurun Bolonya shahridagi kasalxonada hayotdan ko‘z yumgan. 

Ma’lum qilinishicha, 60 yoshli Grezini  2020 yilning dekabr oyi oxirida koronavirus tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan, shundan so‘ng uning ahvoli goh yaxshilanibm goh yomonlashgan. Sobiq sportchi bir necha hafta davomida sun’iy koma holatida bo‘lgan. 
So‘nggi yillarda Grezini o‘zi asos solgan «Gresini Racing» jamoasini boshqargan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!