Ijtimoiy soha ob’ektlarining isitish tizimlari modernizasiya qilinadi
“Ijtimoiy soha ob’ektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizasiya qilish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–118-son, 10.04.2023 y.) qabul qilindi
🔰 Qarorga ko‘ra:
☑️ Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi 5 722 ta davlat ijtimoiy soha ob’ektining issiqlik ta’minoti tizimlarini xususiy sektor ishtirokida modernizasiya qilinadi.
▶️ 2023 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarining barcha tuman (shahar)larida davlat ijtimoiy soha ob’ektlarida isitish tizimlari davlat-xususiy sheriklik asosida modernizasiya qilish ishlari boshlanadi.
🗓 1 iyungacha jalb qilingan loyiha institutlari ko‘magida tuman (shahar)lardagi ijtimoiy soha ob’ektlarining issiqlik ta’minoti tizimini modernizasiya qilish loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi ta’minlanadi.
❕Bunda, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan o‘tkazish xarajatlari hududlar mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
🗒 1 iyulgacha tuman (shahar)larda davlat-xususiy sheriklik asosida ijtimoiy soha ob’ektlarining issiqlik ta’minoti tizimini modernizasiya qilish va boshqarish loyihalarining konsepsiyalari tasdiqlanadi.
✅ 1 avgustdan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va loyiha konsepsiyalari tasdiqlangan tuman (shahar)lardagi ijtimoiy soha ob’ektlarining issiqlik tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich modernizasiya qilish ishlarini boshlanadi.
📌 Ijtimoiy soha ob’ektlarida O‘zbekistonda 1 yil sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan va xizmat qilish kafolati kamida 15 yilni tashkil qiladigan qozonlar o‘rnatiladi.
