IELTS va CEFR imtihonlari yoshlarimizning bilimini to‘g‘ri baholay olyaptimi?

A A A
IELTS va CEFR imtihonlari yoshlarimizning bilimini to‘g‘ri baholay olyaptimi?

IELTS imtihoni mamlakatimizda 1997 yildan buyon o‘tkazilishiga qaramay, nega aynan hozir ko‘plab yoshlarimiz yuqori 9.0 ball olmoqda?

Avvalambor, shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, hozirgi kunda mamlakatimizda xorijiy tillarni, xususan, ingliz tilini o‘rganishga juda kuchli e’tibor berilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2021 yil 19 mayda mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi va tegishli qaror qabul qilindi.

Mana shunday e’tibor natijasida hozirgi kunda yoshlarimiz milliy sertifikatlardan tashqari xalqaro imtihon turlari IELTS, CEFR va SAT imtihonlarini topshirishlari osonlashdi, imtihon topshiruvchilar soni ancha oshdi.

Birinchi navbatda tushunishimiz kerak, ingliz tilini o‘rganish bu zamon talabi va hozirgi kunda ingliz tili, umuman xorijiy tillarni o‘rganishni asoslovchi uni ko‘rsatib beruvchi muhim, va ayni paytda yagona yo‘l — bu xalqaro imtihonlarni topshirib, tegishli sertifikatlarga ega bo‘lishdir.

Xalqaro imtihonlar nisbatan shaffof va adolatli ekani, testologiyaning barcha muhim jabhalarini o‘zida jamlagani va ularning haqiqiyligi hozirgi kunda hech kimda savol qoldirmaydi.

Ikkinchidan, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan yoshlarimiz nafaqat chet el oliy o‘quv yurtlarida, balki o‘zimizning oliy ta’lim muassasalariga ham kirish uchun imtiyozlar berilgan va bir vaqtning o‘zida xorijiy tilni biladigan yoshlarimizning ishga joylashish imkoniyatlari ancha yuqori.

Uchinchidan, xalqaro imtihonlardan yuqori ball to‘plagan yoshlarimizga imtihon xarajatlarining qoplanishi ko‘plab imtihon topshiruvchilarni xorijiy tillarni o‘rganishga va o‘z bilimlarini dunyo tan olgan sertifikatlar bilan mustahkamlashga sababchi bo‘lmoqda.

Faqat bir qiziq holat ko‘pchilik til o‘rganuvchilarga savol uyg‘otmoqda, IELTS imtihoni mamlakatimizda 1997 yildan buyon o‘tkazilishiga qaramay, nega aynan hozir ko‘plab yoshlarimiz yuqori 9.0 ball olishmoqda?

Imtihon standartlari shunaqa tushganmi yoki imtihon topshiruvchilarning bilim darajasi oshganmi? Shaxsan o‘zimning ikki nafar shogirdim — Suhrob Murodov va Boburjon Baxtiyorov oddiy maktab bitiruvchilari bo‘lishiga qaramay, IELTSdan rekord natija — 9,0ni qo‘lga kiritgan. Bundan oldin, 2021 yilda IELTSga teng C2 natija ham qayd etilgan.

Keling mana shu savolga atroflicha to‘xtalaylik va birinchi navbatda O‘zbekiston tarixida birinchi marta 2021 yilda C2 olgan va keyinchalik IELTSdan 9.0 olgan eng yosh imtihon topshiruvchi Suhrob Murodovning fikrlarini o‘rganaylik:

«Mening IELTS va CEFR imtihonlaridan yuqori ball olishimga asosiy turtki bu — maktabda, uyda — ota onam, ustozim Muhammadxon Soliyevning bizlarga doimiy yordami va shu vaqtning o‘zida davlatimiz tomonidan berilayotgan motivasiya deb bilaman. Lekin kelinglar biroz tahlil qilaylik, hozirgi kunda kimlar yuqori natijalar olyapti? — ko‘pchiligi yoshlar emas, balki kamida 10 yil tayyorlangan murabbiylar — kamida 10-15 martalab topshirgandan keyin olishyapti. IELTS esa yoshlar va abituriyentlar, umuman olganda oliy o‘quv yurtiga kirmoqchi bo‘lgan yoki migrasiya qilmoqchi bo‘lganlar uchun test. Mana shu imtihondan yuqori baho olish o‘qituvchilik mahoratini yoki bilimini ko‘rsatmaydi. Xuddi shunday ko‘p yillik tajribaga ega ustozlarning abituriyentlar uchun yaratilgan imtihondan yuqori ball olishi, bu umumiy ballar olishganini yoki ko‘pchilik yuqori ball olganligini ko‘rsatmaydi. Deylik, matematika fanidan universitet domlalari universitet kirish imtihonlaridan maksimal ball olgani bu yoshlarimiz matematikani zo‘r o‘rganganini ko‘rsatmagani kabi.»

18-yoshidayoq birdaniga ikkita xalqaro imtihonlar — IELTS dan 9.0 va SATdan maksimal ball — 1600 olgan Boburjon Baxtiyorov buni shunday ifodalaydi:

«Shaxsan mening fikrimcha, imtihon savollari osonlashgan. Men 2021 yilda birinchi marta imtihon topshirganimda savollar nisbatan qiyin tuzilgandek ko‘ringan edi menga. Yana bir omil, dunyoning boshqa davlatlari, deylik Xitoy va Hindistondan farqli ravishda O‘zbekistonda xalqaro IELTS imtihonining MCHJ ko‘rinishidagi xususiy test markazlari tomonidan olinishi, imtihonlardan yuqori ball olinishiga sabab bo‘lmoqda. IELTS dan yuqori 9.0 ball olganlarining ko‘pchiligi aynan xususiy test markazida olingan.»

Albatta, yoshlarimizning xalqaro imtihonlardan yuqori ball olishi bu ijobiy hodisa, va o‘ylaymanki, bu xatti-harakatlar yanada qo‘llab quvvatlanishi kerak. Shu bilan birgalikda, mamlakatimizda test topshirish madaniyati — ya’ni imtihon topshiruvchilari imtihon topshirishdan oldin test formati, xususiyatlari bilan yaxshiroq tanish ekanliklari, davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida kuchli pedagoglarning maktablarimizga qaytishi ta’lim sifatini oshirish bilan birga, imtihon natijalariga ham ta’sir qilmoqda. Jumladan, prezident, ijod va ixtisoslashtirgan maktablarda xalqaro imtihonlarda to‘plangan o‘rtacha ballari yuqori ekanligi, xorijiy ekspertlar jalb etilgan maktablarda o‘qiyotgan yoshlarimiz yuqori natijalarga erishayotgani fikrimizning dalilidir. Shu o‘rinda, xalqaro imtihonlarga tayyorlashda xususiy sektorning o‘rni katta. Juda ham ko‘p yoshlar mamlakatimizning turli hududlarida joylashgan o‘quv markazlariga borib tahsil olmoqda. Yaqin-yaqingacha markazlar faqat shahar markazlarida bo‘lsa, hozirgi kunda mamlakatimizning eng olis va chekka hududlarida ham ko‘plab o‘quv markazlari tashkil etildi, va ularni tashkil etishda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan subsidiyalar ajratildi. Yana bir muhim omil — o‘quv muassasalarida xalqaro andozalarga mos Kembrij, Oksford va MM Pablikeyshns (MM Publications) kabi nashriyotlar kitoblari va interaktiv platformalaridan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.

Mana shu omillarning bir vaqtning o‘zida mamlakatimizda bo‘lishi, 2021 yildan 2023 yilgacha davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan hukumatdagi alohida organ — Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan yagona davlat siyosati yuritilganligi hamda ta’limga so‘nggi yillarda berilgan kuchli e’tibor yoshlarimizning xalqaro imtihonlardan yuqori natija olayotganining sababi deb bilaman.

Faqat mening xohishim — bu til o‘rganish shunchaki o‘z yo‘lida yoki IELTSdan yuqori ball olish rusum(moda)ga kirgani uchun bo‘lmasligi, aksincha yoshlarimizga jahon ilm-fani yutuqlarini o‘rganishi, xorijiy nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olib, qaytganidan keyin mamlakatimiz rivoji uchun munosib hissa qo‘shishlariga imkon yaratuvchi stimul vazifasini bajarishi kerak, deb hisoblayman.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Go‘sht narxi keskin oshmoqda

Ўзбекистонда гўшт нархи сўнгги вақтларда сезиларли қимматлашди.

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

AQSh razvedkasi Trampni ogohlantirgan — Professor Jon Mirshaymer

Жон Миршаймернинг айтишича, АҚШ разведкаси Дональд Трампга Эрон билан уруш яхши натижа бермаслигини олдиндан айтган.

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Erondagi urush qachon tugashi aytildi

Бу ҳақда Ynet нашри хабар берди.

Rossiya Ukraina borasida Janubiy Koreyani jiddiy ogohlantirdi

Бу ҳақда Россия ташқи ишлар вазири ўринбосари Андрей Руденко маълум қилди.

"Bu yolg‘on. Men uning gaplarini eshitdim va..."

Ушбу баёнот Парижда бўлиб ўтган "G7" давлатлари ташқи ишлар вазирлари учрашувидан сўнг оммага олиб чиқилди.

O‘zbek klublariga milliardlar ajratildi

Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eronning yangi oliy rahbari Mujtabo Xominaiy ikkinchi murojaatini yo‘lladi

Унинг ёзма мурожаати давлат телевидениеси орқали ўқиб эшиттирилди.

Tramp: "Eron bizga yana bir sovg‘a berdi"

Трамп бу ҳақда журналистларга маълум қилди.

«U mening ketimni o‘pishga majbur bo‘lishini o‘ylamagan edi» — Tramp Saudiya shahzodasi haqida

АҚШ президенти Доналд Трамп Саудия Арабистони валиаҳд шаҳзодаси Муҳаммад бин Салмон ҳақида гапирди.

Isroil iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi – Isroil Markaziy banki

Вазият Эрон ва Ливан билан кескинликнинг кучайиши фонида янада мураккаблашаётгани айтилган.

AQSh va Isroilning Eron bilan urushi izdan chiqish arafasida

Нашрнинг таъкидлашича, 28 февралдан буён давом этаётган ҳарбий ҳужумлар кутилган натижани бермади.

Isroil hujumlarida Livanda halok bo‘lganlar soni 1 247 nafarga yetdi

Сўнгги 24 соатда Исроил қўшинлари Ливан ҳудудига амалга оширган ҳаво ҳужумлари натижасида камида тўққиз киши ҳалок бўлди.

NATO: Hamisha ittifoqchilarimizni himoya qilish uchun zarur choralarni qo‘llaymiz

НАТО бугунги кунда Ирондан Туркияга йўналтирилган ракетани ишга тушириш ҳолатига муносабат билдирди.

Ozarbayjonda fojiaviy voqea: erkak onasini o‘ldirib, o‘zini yoqib yubordi

Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.

AQShdan Eronga ogohlantirish: barcha dron va raketalarni to‘xtatish kerak

АҚШ давлат котиби таъкидлашича, Эрон барча турдаги дронлар ва ракеталарни ишлаб чиқаришни тўхтатиши шарт.

Evropa Ittifoqiga jiddiy ayblov: Ukraina hujumlari uchun havo hududi ochilganmi?

Европа Иттифоқи Украинага Россияга қарши ҳужумларда билвосита ёрдам бераётганликда айбланмоқда.

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Erondan ogohlantirish: Hormuz bo‘g‘ozidagi har qanday provokasiya vaziyatni keskinlashtiradi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчи Ҳормуз бўғозидаги ҳар қандай провокация минтақадаги вазиятни янада оғирлаштириши мумкинлигини билдирди.

Rossiyadan chaqiriq: Yaqin Sharqdagi urushni zudlik bilan to‘xtatish kerak

Россия ташқи ишлар вазири Сергей Лавров Форс кўрфази мамлакатлари ташқи ишлар вазирлари билан мулоқот ўтказиб, Яқин Шарқдаги вазиятни муҳокама қилди.

Erondan jiddiy ayblov: gumanitar samolyotga hujum ortida AQSh va Isroil bormi?

Эрон Fars ахборот агентлиги орқали АҚШ ва Исроилни гуманитар ёрдам олиб кетаётган фуқаролик самолётига ҳужум қилганликда айблади.

Qashqadaryoda qurilish hududida vafot etgan 12 yoshli qiz ishi bo‘yicha hukm chiqarildi

Қашқадарё вилояти Қарши шаҳрида 2020 йил август ойида содир бўлган фожиали ҳодиса юзасидан суд ҳукми эълон қилинди.

Namanganda 6-sinf o‘quvchisi zo‘rlandi,zo‘ravonlik qilgan shaxs qamoqqa olindi

Наманган вилоятида мактаб ўқувчисига нисбатан содир этилган жинсий зўравонлик жинояти ҳолати Болалар омбудсмани назоратига олинди.

Afg‘onistondagi suv toshqinlari 17 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Бу ҳақда мамлакат Миллий табиий офатларни бошқариш бошқармаси вакили Юсуф Ҳаммад маълум қилди.

Interpol qidiruvida bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik Turkiyada qo‘lga olindi

Хабарга кўра, 40 ёшли T.Р. ва 38 ёшли Ф.A. Ўзбекистонда йирик миқдорда фирибгарлик жиноятини содир этгани учун халқаро қидирувда бўлган.

Toshkentda tunda poyga uyushtirgan 2 haydovchi qamaldi

Мазкур кўчадаги камера ёзувлари ва гувоҳларнинг кўрсатмаси асосида ўтказилган суриштирувлар давомида Lacetti русумли автомобилда 27 ёшли Рамиз Исломов ва Onix русумли автомобилда 21 ёшли Азимжон Абдусатторов бўлгани аниқланган.

Parijda Bank of America binosi oldida terakt sodir etilishining oldi olindi

Жиноятчининг иқрор бўлишича, уни Snapchat платформаси орқали 600 евро эвазига ёллашган.

Ukraina terma jamoasi Ispaniyada o‘g‘rilar hujumiga uchradi

Ўйинчилар ва мураббийлар штаби қимматбаҳо соатлар, бир неча минг евролик ҳашаматли буюмлар ва нақд пул йўқолганини аниқлаган.

Xakan Fidan: Yaqin Sharqdagi keskinlik kengroq urushga aylanishi mumkin

Бу ҳақда Туркия ташқи ишлар вазири Хакан Фидан Стамбулда бўлиб ўтган Халқаро стратегик коммуникациялар (STRATCOM) саммитида сўзлаб, маълум қилди.

Keniyada yomg‘ir va sel oqibatida o‘limlar soni 108 ga yetdi

Бу ҳақда мамлакат Миллий полиция хизмати хабар берди.

Eron bilan mojaroning cho‘zilishi AQSh va Isroil uchun jiddiy yo‘qotishlarga olib kelmoqda

Сüддеутсче Зеитунг нашрининг хабар беришича, Эрон билан можарони узайтириш АҚШ ва Исроил учун кутилмаган йўқотишларга ўхшайди.

Eronda yoshlar safarbarligi haqida bahsli xabarlar tarqaldi

Бу маълумотни Al Arabiya келтирган.