ID G‘azodagi janglarda taktik pauza kiritilganini e’lon qildi

ID G‘azodagi janglarda taktik pauza kiritilganini e’lon qildi

Isroil mudofaa kuchlari (IDF) insonparvarlik maqsadlarida G‘azo sektori janubidagi jangovar harakatlarda kunlik taktik pauza joriy etishini aytdi. Bu haqda Isroil harbiylari bayonotida aytiladi.

Gap Kerem Shalom nazorat-o‘tkazish punktidan Salahad-Din avtomagistraligacha bo‘lgan yo‘l bo‘ylab va undan shimolga o‘tuvchi hudud haqida bormoqda. Shu sababli, 15 iyun, shanba kunidan boshlab har kuni soat 08:00 dan 19:00 gacha keyingi ogohlantirishgacha harbiy harakatlarga mahalliy taktik pauza joriy etiladi.

Shu bilan birga, ID hujumning davom etishi haqida xabar beradi. Qayd etilishicha, bunday qaror BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda qabul qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!