Ichki ishlar va adliya organlari xodimlaridan iborat maxsus shtablar tashkil etiladi

Ichki ishlar va adliya organlari xodimlaridan iborat maxsus shtablar tashkil etiladi

Fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, bu borada profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha Adliya va Ichki ishlar vazirligi hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi.

Hududlarda fuqarolar duch keladigan muammolarga huquqiy yechim topish va bu boradagi ishlar samaradorligi tizimli yo‘lga qo‘yiladi.

Shu maqsadda mazkur ikki vazirlik rahbariyati uchrashuv o‘tkazdi. Unda hamkorlikda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

Huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va ma’lumotlarni o‘z vaqtida almashish maqsadida ichki ishlar va adliya organlari xodimlaridan iborat Respublika, viloyat va tuman shtablari tashkil etiladi.

Adliya vazirligi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, endilikda viloyat darajasidagi adliya va ichki ishlar organlari tomonidan har bir tuman (shahar) uchun 1 nafardan mas’ul xodim biriktiriladi. Jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini samarali tashkil etishga manzilli ko‘maklashiladi.

Tuman (shahar) ichki ishlar bo‘linmalari mahallalarda sodir etilgan jinoyatlarning turi, soni, shaxslar toifasi, yosh kategoriyasi ko‘rsatilgan ma’lumotlarni adliya bo‘limlariga yuboradi va hamkorlikda «mahallabay» kompleks targ‘ibot tadbirlari amalga oshiriladi.

Jinoyatlar soni oshgan mahallalarda jinoyat sodir etilishi sabablari, bunga imkon bergan sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida aholi o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkaziladi.

Bu borada mahalla aholisining jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha takliflari o‘rganiladi. Joylarda tegishli idoralar vakillari ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazish orqali aholi muammolari o‘rganiladi va ularga huquqiy tushuntirishlar beriladi.

Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan, shuningdek, profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar bilan manzilli ishlaydi.

Notinch va nosog‘lom oilalar, shuningdek, maishiy
va boshqa masalalar bo‘yicha uzoq muddatdan buyon nizolashib kelayotgan fuqarolar o‘rtasida uchrashuvlar tashkil etiladi.

Firibgarlik, tovlamachilik, kiberxavfsizlik, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid tizimli targ‘ibot tadbirlari olib boriladi.

«Mahallabay» jinoyatchilikning oldini olish, va boshqa profilaktik tadbirlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinadi va jinoyatchilikni kamaytirish yuzasidan tegishli idoralar keng jalb qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!