Ichki ishlar organlari hisobida turgan 7 ming nafar xotin-qizlar ro‘yxatdan chiqarildi

Ichki ishlar organlari hisobida turgan 7 ming nafar  xotin-qizlar ro‘yxatdan chiqarildi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin qizlar davlat qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva ma’lum qildi.

Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan ichki ishlar, sog‘liqni saqlash hamda boshqa idoralarning hisobida turgan 21 596 nafar xotin-qizlar manzilli o‘rganildi.

Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida, jami 7 008 nafar xotin-qizlar ichki ishlar organlari profilaktik hisobidan chiqarildi.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 19 251 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berildi. Himoya orderi berish natijasida 9 309 ta oilani yarashtirishga, 8 259 ta nizoni bartaraf etishga erishildi.

1 877 ta rasmiylashtirilgan himoya orderlari bo‘yicha ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilanib xotin-qizlarning buzilgan huquqlari tiklandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (3 )

    M_U_S_L_I_M_B_E_K
    Shu himoya erderini beradign uchaskavoylar pora yeb ayyolarni himoya qilmaybdi
    M_U_S_L_I_M_B_E_K
    Qayerga murojat qilishni bilmybmn meni haqorat qiladi uradi uz akam otam men oiylalimn ikkinafar farzandm bor OTA uymzga kesm akm onamni urdi urmng desam meni ham uradi himoya qilsam onamni akam bln otam uradi meni
    Товба жигарлар ҳам шундай бўладими? Оилавий муҳитни ўзида муаммо бор жамият ҳал қилолмайдиган