Ichida yo‘lovchisi bor transport vositalari to‘qnashdi: qurbonlar bormi? (video)

Ichida yo‘lovchisi bor transport vositalari to‘qnashdi: qurbonlar bormi? (video)

Ulan-Ude markazida, Kuybishev ko‘chasida ichida yo‘lovchisi bor ikkita avtobus to‘qnashib ketdi. Natijada bittasi yonga ag‘darilgan, deb yozadi "Buryatiya Onlayn".

Manbaga ko‘ra, 57 yoshli erkak boshqargan "Hyundai County" 39 yoshli kishi boshqargan "Peugeot Boxer" bilan to‘qnashgan. Natijada avtobus yonga ag‘darilgan. Xabarlarga qaraganda, qurbonlar yo‘q. "Hyundai County" salonida 5 kishi, "Peugeot Boxer"da esa 9 kishi bo‘lgan. Yo‘lovchilar ayni damda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!