Husanov bugun asosiy tarkibda tushishi mumkin

Bugun, 15 fevral kuni Angliya Premyer ligasi 25-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Bu turda “Manchester Siti” o‘z uyida “Nyukasl”ni qabul qiladi.
“Manchester Siti”ning jarohat olgan futbolchilari ko‘payib ketgani va ayniqsa, asosiy himoyachilardan biri Manuel Akanji “Real”ga qarshi bahsda orttirib olgan jarohati sabab, klub murabbiyi “Nyukasl”ga qarshi o‘yinda tarkibda o‘zgarishlar qilishi kutilmoqda. Ayniqsa, himoya markazida o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda o‘ynash ehtimoli ortmoqda. Chunki ayni damga kelib, Husanovdan ko‘ra yaxshiroq variant yo‘qdek.
Chunki Stounz tushgan taqdirda ham uni tayanch yarim himoyaga qo‘yishi mumkin. Niko va Rodrining yo‘qligi sabab albatta. Qanotga Riko Lyuis joylashsa, markazga Ruben Diash va Husanov tandemi tushirilishi mumkin. Ake varianti ham bor, ammo u ham yaqindagina jarohatdan qaytgan va katta ehtimol u zaxira o‘rindig‘ida qoldiriladi. Husanovning kubok doirasida “Leyton”ga qarshi bahsda gol urgani va maydondagi eng yaxshilaridan biri bo‘lgani ham uning asosiy tarkibda tushishga loyiqligini isbotlaydi. Lekin tarkib bo‘yicha so‘nggi qarorni murabbiy Pep Gvardiola chiqaradi.