HP'ning Rossiyani tark etishi qanchaga tushadi?

HP'ning Rossiyani tark etishi qanchaga tushadi?

Amerika kompaniyasi Hewlett Packard Inc. (HP) Rossiya bozorini tark etishi sababli 23 million dollar miqdorida zarar ko‘rdi. Bu haqda HP moliyaviy hisobotiga tayanib, "TASS" xabar bermoqda.

E’lon qilingan hujjatlarga ko‘ra, shaxsiy kompyuterlar va printerlar ishlab chiqaruvchisining Rossiya bozoridan chiqib ketishi kompaniyaga 1,4 milliard rublga tushgan. Ushbu miqdor shartnomalarni bekor qilish, asbob-uskunalarni hisobdan chiqarish va boshqa bir martalik xarajatlar bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga oladi.

Qayd etilishicha, 2022 moliya yilida kompaniya daromadi 63 milliard dollarni tashkil etgan, bu o‘tgan yilgidan 0,8 foizga kamdir. Shu bilan birga, kompaniyaning sof foydasi ikki baravar kamaydi – 6,5 milliard dollardan 3,2 milliard dollargacha.

2022 yil avgust oyi o‘rtalarida Hewlett Packard Inc. Rossiyada ish butunlay to‘xtaganini e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!