Hoshim Arslonovning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilindi

Hoshim Arslonovning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilindi

Avvalroq aktyor Hoshim Arslonov olamdan o‘tgani haqida xabar bergan edik. Xizmat ko‘rsatgan artist 64 yoshida vafot etdi.

Aktyorning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Arslonov ancha vaqtdan beri poytaxtdagi klinikalarning birida davolanayotgan bo‘lgan.

Aktyorning o‘t pufagida muammo bo‘lgan. Keyinchaliik unda saraton aniqlangan. Shifokorlarning sa’yi harakatlariga qaramay, aktyor 29 mayda vafot etdi.

Tahririyatimiz nomidan marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!