Honda yapon zavodlaridagi ishlab chiqarishni 30%ga qisqartirdi

Honda yapon zavodlaridagi ishlab chiqarishni 30%ga qisqartirdi

Reyter agentligi Honda Motor Co’ga asoslanib xabar berishicha, yetkazib berish zanjirlari va logistikadagi doimiy muammolar sabab, Honda bu oyda Suzuki(Yaponiya) zavodidagi ishlab chiqarish hajmini rejalashtirilganiga nisbatan 30%ga qisqartirmoqda.

Tokiodan shimolda joylashgan Saytama prefekturasidagi Honda avtomobil yig‘ish zavodi ham o‘z navbatida ishlab chiqarishni keyingi oy boshida taxminan 10%ga qisqartiradi.

Toyota Motor Corp ushbu haftada uning jahon bo‘yicha ishlab chiqarishi yil boshidagidan 18% kamroq bo‘lishini ma’lum qildi.

Avvalroq, The Wall Street Journal tegishli manbalarga asoslanib, Amerika avto ishlab chiqaruvchisi Ford Motor Co. 4 000 nafardan ortiq xodimlarni qisqartirishni rejalashtirayotganini xabar qildi.

Avtomobil sanoati jahonning eng yuqori texnologik va multiplikativ sohalaridan biri sifatida (avtomobil sanoatidagi bitta ish o‘rni turdosh sohalarda 10ta ish o‘rni yaratilishiga xizmat qiladi) dunyodagi noxush vaziyatlar fonida jahon iqtisodiyotiga ta’sir etmay qolmaydi.

Narx oshishi, hajm kamayishi va ommaviy qisqarishlar butun dunyovda odatiy holga aylandi. Barcha postpandemiya kataklizmlariga qo‘shimcha ravishda ayni paytda asosiy yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblangan Tayvan bilan bog‘liq ziddiyat ham qo‘shildi. Bu jahon avtosanoatida qanday aks etishini vaqt ko‘rsatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!