Homila nogiron bo‘lsa, uni tushirish joizmi?

Homila nogiron bo‘lsa, uni tushirish joizmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, opam turmushga chiqqaniga 1 yildan o‘tdi. Endi homilador bo‘lgan edi, UZI apparatiga tushgan ekan, bola nogiron, tug‘maslik kerak, tushirib yuborish kerak , deyishyapti. Ko‘p joylarga aniq kuchli apparatlarga tushirdik, ular ham shu gapni aytishdi. Shunday holat bo‘lsa ,homlani tushirishlik joizmi?

Zikr ahlidan so‘rang hay’ati:

- Va alaykum assalom! Quyidagi maqolani o‘qing.

Allohning O‘ziga hamdlar bo‘lsin!
Ortlaridan nabiy yo‘q zotga solavotlar bo‘lsin!
Islom Fiqhi Akademiyasi Makkai Mukarramada, Robitaning binosida, 1410 h.s. 15 - 22 Rajab

(1990 yil, 10 17 fevral) kunlari bo‘lib o‘tgan o‘n ikkinchi majlisida aybli holdagi homilani tushirib yuborish haqidagi masalani ko‘rib chiqdi.
Munoqasha va fikr almashuvlardan keyin Islom Fiqhi Akademiyasi bir ovozdan quyidagi qarorlarni qabul qildi:
Agar homila bir yuz yigirma kunlik bo‘lgan bo‘lsa, uni tushirib yuborish joiz emas. Tibbiy tashxiys uning aybli yaralganini qayd etgan bo‘lsa ham.
Faqatgina ishonchli mutaxassis tabiblardan tashkil topgan tibbiy guruh homilani qolishida onaning hayotiga muqarrar xatar borligiga qaror qilsagina, uni tushirib yuborish joiz. Bunda ikki zarardan kattasini daf qilish bor.
Agar ishonchli mutaxassis tabiblardan tashkil topgan tibbiy guruh jihozlar va tahlil yo‘llari ila homilaning xatarli ayblari borligini, uni davolab bo‘lmasligini, u o‘z vaqtida tug‘ilsa hayoti yomon bo‘lishi, o‘ziga ham ota-onasiga dardu alam bo‘lishi aniqlasagina, ota-onaning talabi asosida uni tushirib yuborish joiz bo‘ladi.
Majlis bu qarorni qabul qilar ekan, tabib va ota-onalarga bu masalada Allohga taqvo qilishni va bu ishda aniqlik bilan harakat qilishni tavsiya qiladi.
Tavfiq beruvchi Allohning O‘zidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!